Unga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir porsiyasi 30 400 so‘m bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinlardan Buxoro (29 000 so‘m) va Xorazm (28 300 so‘m) viloyatlari joy olgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida – 1 porsiyasi 20 000 so‘mdan sotilgan.
Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning bir porsiyasi uchun o‘rtacha narxlari quyidagicha bo‘lgan:
- Qoraqalpog‘iston R. – 24 300 so‘m
- Andijon viloyati – 25 800 so‘m
- Buxoro viloyati – 29 000 so‘m
- Jizzax viloyati –26 100 so‘m
- Qashqadaryo viloyati – 28 100 so‘m
- Navoiy viloyati – 24 600 so‘m
- Namangan viloyati – 20 000 so‘m
- Samarqand viloyati – 27 800 so‘m
- Surxondaryo viloyati – 27 100 so‘m
- Sirdaryo viloyati – 23 600 so‘m
- Toshkent viloyati – 25 700 so‘m
- Farg‘ona viloyati – 23 800 so‘m
- Xorazm viloyati – 28 300 so‘m
- Toshkent shahri – 30 400 so‘m
“Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan”, deyiladi xabarda.