Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya 2027 yilga borib Rossiya gazidan voz kechadi
Hozirda Rossiyadan eksport qilinadigan tabiiy gaz Avstriya quvurlaridagi jami gaz hajmining 80-90 foizini tashkil etadi.

Foto: Wikimedia
Avstriya hukmron koalitsiyasi mamlakatning yangi xavfsizlik strategiyasiga 2027 yilga borib Rossiya gazidan voz kechish taklifini kiritishga kelishib oldi, deb xabar beradi Kurier gazetasi. Ayni vaqtda ushbu masala ustida ish olib borilmoqda.
Avstriyaning Rossiya gazidan voz kechishiga sabablardan biri sifatida Moskva yoqilg‘i savdosidan olayotgan mablag‘larini Ukrainaga qarshi urushni moliyalashtirishga sarflayotgani ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, Avstriya hukumati Rossiya gaziga qaramlik mamlakat iqtisodiyotiga tahdid tug‘diradi deb hisoblaydi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyadan eksport qilinadigan tabiiy gaz Avstriya quvurlaridagi jami gaz hajmining 80-90 foizini tashkil etadi. O‘tgan yili Vena «Gazprom»ga 4 milliard yevroga yaqin pul o‘tkazib bergan.
Fevral oyida Avstriya energetika vaziri Leonor Gevessler mamlakatning OMV neftegaz kompaniyasi va «Gazprom» o‘rtasidagi 2040 yilga qadar tuzilgan uzoq muddatli shartnomadan chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqish niyatini ma’lum qilgandi. Keyinroq OMV’dagilar kompaniya avstriyalik iste’molchilarni Rossiyadan bo‘lmagan gaz bilan 100 foiz ta’minlay olishlarini, biroq Rossiya yoqilg‘isidan voz kechish uchun tegishli huquqiy asosni yaratish lozimligini ta’kidlagandi.
Avvalroq Ozarboyjon oxirgi yarim asr davomida Kremlning deyarli faqat o‘zi nazorat qilib kelgan Yevropaga gaz yetkazib berish hajmini oshirishni davom etayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Rossiyaning Yevropaga quvurlar orqali gaz eksporti o‘tgan yili 28 milliard metr kubga qadar kamaygan — bu 1970 yillar oxirida beri kuzatilgan eng past darajadir. Urushdan oldingi davr bilan taqqoslaganda, gaz yetkazib berish deyarli besh barobarga, «Gazprom»ning Yevropa bozoridagi ulushi esa uch barobarga (45 foizdan 15 foizgacha) tushib ketgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pistorius: Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib bermaydi
Jahon | 13:55
-
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 13:39
-
Pasport qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgardi
O‘zbekiston | 13:24
-
Toshkentda kapotida baliqlar bilan kontent olgan haydovchi jarimaga tortildi
Jamiyat | 13:11
Mavzuga oid

13:57 / 11.07.2025
O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

11:33 / 10.07.2025
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi

13:09 / 09.07.2025
Samarqandda 3 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

12:45 / 08.07.2025