Avvalroq appelyatsion sud darajasidagi uch sudyadan iborat hay’at mamlakatning sobiq rahbarini jinoiy ayblovlardan himoya qilish mumkin emas, degan qarorga kelib ishni qaytarish to‘g‘risida qisqa buyruq chiqargan edi.
CBS Newʼning yozishicha, tahlilchilar agar respublikachilar nomzodi bo‘lgan Tramp saylovda g‘alaba qozona olsa, u o‘zi ishni to‘xtata oladigan Bosh prokuror tayinlashi mumkin.
Qayd etilishicha, 1 iyul kuni AQSh Oliy sudi (6:3 nisbatda) ko‘pchilik ovoz bilan sobiq prezidentlar hokimiyatda bo‘lib turgan chog‘idagi rasmiy harakatlari uchun ta’qib qilinishdan daxlsizlikka ega ekanligi to‘g‘risida qaror qabul qilgach, ish Koumbiya okrugidagi apellyatsiya sudiga qaytarilgan edi.
“Biroq, Oliy sudning xulosasiga muvofiq, sudning o‘z iltimosnomasiga ko‘ra ushbu ishni okrug sudiga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan”, — degan okrug sudidagilar.
AQSh okrug sudyasi Tanya Chutkan yana ishni o‘z nazoratiga olgan va endi Oliy sudning qarorini qo‘llab, ishni shunga qarab talqin qilishi lozim. Xususan, maxsus prokuror Jyek Smitning ayblov xulosasida qayd etilgan Trampning qay bir ehtimoli xatti-harakati “rasmiy” sanalishi, qay biri jinoiy ta’qib predmeti ekaniga oydinlik kiritishi kerak.
O‘tgan yili Donald Trampga qarshi qo‘zg‘atilgan to‘rt jinoiy ishdan biridagi to‘rt punktdan iborat ayblov xulosasiga ko‘ra, u prezidentlik lavozimida yana qolish uchun o‘z yordamchilari bilan Jo Bayden g‘alaba qozongan saylov natijalarini bekor qilishga urinish yo‘li bilan noqonuniy til biriktirgan.
Chutkan eshittiruvlarni 16 avgust kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tishini belgilagan.
Tahlilchilarga ko‘ra, bunday protsessual qadam ishni iltimosnomalar oqimi va potensial eshittiruvlar bilan qayta ishga tushiradi. Biroq, ayrim OAVlarning qayd etishicha, sudya va advokatlar amalga oshirishi kerak bo‘lgan ulkan ish hajmi sudning Tramp respublikachilardan nomzod bo‘lgan noyabrdagi saylovlargacha yakunlanishini ta’minlay olmaydi.
“Agar Tramp yana prezident etib saylansa, u Bosh prokurorni saylashi mumkin bo‘ladi va u katta ehtimol bilan ishni yakunlash to‘g‘risida farmoyish beradi”, — deya taxmin qilishmoqda jurnalistlar.