Toshkent shahri Yunusobod tumanida Tracker avtomashinasi piyodani urib yubordi.
Poytaxt yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga ko‘ra, 2 avgust kuni soat 19:10 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida haydovchi R.Q. (1999 yilda tug‘ilgan) Tracker avtomobilini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda Ch.A.ni (2002 yilda tug‘ilgan) urib yuborgan.
YTH natijasida piyoda jarohatlangan, unga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.