Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik siyosiy mahbuslar Germaniyada bundesver kasalxonasiga joylashtirildi
Federal razvedka xizmati va Jinoyat ishlari bo‘yicha federal idora xodimlari Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi mahbuslar almashinuvi doirasida ozodlikka chiqqan shaxslar bilan uchrashadi.

Foto: Imago/T. Frey
Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi keng ko‘lamli mahbuslar almashinuvi doirasida ozod etilgan 13 kishi Germaniyaga yetib kelgach, Koblensdagi Germaniya qurolli kuchlari (Bundesver) gospitalida bir muddat bo‘ladi. Ular kamida shu dam olish kunlari tibbiy muassasada qolishlari kutilmoqda, deb yozadi Tagesspiegel 3 avgust, shanba kuni hukumat doiralari suhbatdoshiga tayanib.
Yangi bemorlar bilan muzokaralar, xususan, Federal razvedka xizmati va Federal jinoyat ishlari boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tagesspiegel qayd etishicha, Bundesver kasalxonasi qo‘shimcha xavfsizlik nazorati ostida bo‘ladi.
Ozod qilinganlardan biri, rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Ilya Yashin 2 avgust kuni Deutsche Welle’ning Bonndagi ofisida jurnalistlar bilan uchrashuvda shifokorlar kuzatuvi haqida gapirdi. Unga ko‘ra, nemis shifokorlari Rossiya Federatsiyasidan kelganlarda D vitamini yetishmasligini aniqlagan.
Rossiya va G‘arb o‘rtasida mahbuslar almashinuvi
1 avgust kuni Turkiya poytaxti Anqarada Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasida keng ko‘lamli mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Rossiya Federatsiyasi 16 kishini, shu jumladan Belarusda afv etilgan Germaniya fuqarosini topshirdi. 10 kishi Moskvaga qaytdi - rus josuslari, ularning ikki farzandi, kiberfiribgarlar va «FSB» xodimi Vadim Krasikov.
Mavzuga oid

12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi

09:10 / 24.02.2025