Rossiya Ukrainaga yana raketalar va uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qildi

Jahon 16:10 / 03.08.2024 5804

3 avgust, shanbaga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Ukraina hududiga to‘rtta X-31P raketasi va 29 ta Shahed uchuvchisiz uchog‘ini uchirdi, deb xabar berdi Ukraina Havo kuchlari Telegram'da. «Havo hujumiga qarshi jang natijasida Xerson, Odessa, Mikolayiv, Poltava, Sumi, Dnipropetrovsk, Kiyev, Vinnitsa va Jitomir viloyatlarida Shahed-131/136 rusumidagi 24 ta hujumkor uchuvchisiz uchoqlar urib tushirildi», — deyiladi xabarda.

Bayonotda aytilishicha, uchirishlar Qora dengiz ustidagi havo hududidan, Rossiyaning Primorsko-Axtarsk va Kursk viloyatlari, shuningdek, Qrimdagi Chauda burunidan amalga oshirilgan.

Hujum qilingan hududlar rasmiylariga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Biroq, vayronagarchilik mavjud: Vinnitsa viloyatida tungi zarbalar natijasida infratuzilma obekti, Dnipropetrovsk viloyatida - xususiy uy va suv ta’minoti tizimi shikastlangan. Mikolayiv viloyatida xususiy uy hududida ikkita xo‘jalik inshooti va o‘t-o‘lan yonib ketdi, biroq yong‘in tezda o‘chirildi, deya xabar qildi rasmiylar.

Ko‘proq yangiliklar: