Erdo‘g‘an: 2024 yilgi Olimpiada ochilish marosimi g‘azabga sabab bo‘ldi

Jahon 09:07 / 03.08.2024 8344

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rim papasi Fransisk bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyati huzuridagi aloqa departamenti xabarida aytiladi.

Suhbat chog‘ida Turkiya rahbari 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tayotgan yozgi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimidagi axloqsiz sahnalar norozilik va salbiy reaksiyalarga sabab bo‘lganini ta’kidladi.

Turkiya davlati rahbari so‘z erkinligi va bag‘rikenglik bahonasida inson qadr-qimmati toptalayotgani, diniy-axloqiy qadriyatlar masxara qilinayotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakat musulmonlar uchun xristian olami vakillaridan kam haqoratli emas. U bunday tendensiyaga jamoaviy norozilik bildirish va yagona pozitsiyani egallash zarurligini ta’kidladi.

Prezident Erdo‘g‘an insonlarni birlashtirishni maqsad qilgan Olimpiada o‘yinlari ochilishi chog‘ida dunyo guvoh bo‘lgan diniy qadriyatlarga qarshi kurash, buzuq targ‘ibot va axloqiy tanazzulning ogohlantiruvchi belgisi ekanligi haqida ogohlantirdi.

Turkiya davlat rahbari G‘azo sektoridagi vaziyatga to‘xtalar ekan, Isroilning Falastin eksklavidagi hujumlari genotsidga aylangani, mintaqada keng ko‘lamli gumanitar inqiroz avj olayotganini ta’kidladi.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Isroil bir qator davlatlar tomonidan o‘ziga taqdim etilgan diplomatik, iqtisodiy va harbiy «soyabon» ostida falastinliklarga qarshi qirg‘inlarni amalga oshirmoqda.

Uning ta’kidlashicha, yaqinda Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi va Livanga qilingan hujum Isroil butun mintaqa, dunyo va insoniyat uchun xavf tug‘dirayotganini yana bir bor namoyish etdi.

Prezident Erdo‘g‘an «insoniyat ittifoqi» musulmonlar va nasroniylar, ayniqsa, Falastinda yashayotganlar tinchlik topishi uchun zudlik bilan chora ko‘rishi kerakligini ta’kidladi.

Rim papasi Fransisk Turkiya prezidentiga tinchlik o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlari va diniy qadriyatlarni masxara qilish muammosiga nisbatan sezgirligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: