Kishinyovning rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qilish qaroriga Moskva munosib javob qaytaradi.
Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning 1 avgust, payshanba kuni departament matbuot xizmati tomonidan chop etilgan sharhida aytiladi.
Zaxarovaning ta’kidlashicha, 1 avgust kuni Moldova Respublikasi rasmiylari hech qanday aniq asoslarsiz Rossiyaning Kishinyovdagi elchixonasi xodimini «persona non grata» deb e’lon qilgan.
«Biz bu nodo‘stona qadamni Moldova amaldagi rahbariyatining tajovuzkor aksilrossiya kursi yana bir ko‘rinishi deb bilamiz, bu chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan Rossiya-Moldova aloqalarini mas’uliyatsiz ravishda buzmoqda», - deya ta’kidladi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rusofoblik kayfiyati kuchayishi, «josuslik voqealari» bo‘yicha uydirmalar va targ‘ibot rasmiy Kishinyov adekvat choralar ko‘rish, Rossiya va Moldova o‘rtasidagi munosabatlar ikki davlat xalqlari uchun ahamiyatini tushunish qobiliyatini yo‘qotganidan dalolat beradi».
Hozirgi vaziyatda Rossiya tomoni Moldova rasmiylarining Rossiya elchixonasi xodimiga nisbatan «asossiz dushmanlik» qaroriga munosib javob berish huquqini o‘zida saqlab qoladi, deya qo‘shimcha qildi Mariya Zaxarova.
1 avgust, payshanba kuni Moldova Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasi xodimini respublika hududida nomaqbul shaxs deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorni chiqardi.
Tegishli nota Rossiyaning Moldovadagi elchisi Oleg Vasnetsovga topshirildi va u Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.
Idora xabar berishicha, «Moldova qarori aniq chora-tadbirlar ko‘rilganidan so‘ng qabul qilingan bo‘lib, natijada rossiyalik diplomat Moldova Respublikasi hududida o‘zining diplomatik faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydigan ish olib borganini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar va dalillar mavjud».
Shu munosabat bilan Rossiya elchixonasi xodimi Moldova Respublikasini tark etadi, deya qo‘shimcha qildi Moldova TIV.