IT-universitet tanlashda adashmaslik va sifatli ta’lim olish yo‘li

O‘zbekiston 09:55 / 02.08.2024 3180

Endi grantlar ajratadigan, ishga joylashishga yordam beradigan, dunyoning eng rivojlangan davlatlari tan oluvchi diplom beradigan va ingliz tilida ta’lim beradigan universitetda tahsil olish mumkin.

Ota-onalar va abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarini tanlashda sifatli ta’limga e’tibor qaratadilar, chunki bu bitiruvchilarga tezroq ishga joylashish va muvaffaqiyatli karera qurishga yordam beradi. Ammo barcha oliy ta’lim muassasalari ham bunday ishonchni oqlay olmaydi. Universitetni tanlashda dasturlarining aktualligini, grantlar va stipendiyalar mavjudligini hamda bitiruvchilarning mehnat bozorida talabga ega bo‘lishini hisobga olish juda muhim. International Digital University (IDU) ana shunday muhim mezonlarga javob beradigan o‘quv muassasasi hisoblanadi.

O‘quv dasturlarining dolzarbligi

IT-texnologiyalar tez sur’atlarda rivojlanayotgan bir paytda OTMlar bu o‘zgarishlarga moslashishlari talab etiladi. Biroq talabalar eskirgan ta’lim dasturlaridan norozi bo‘lishlari xam ko‘p kuzatiladi. Yetarlicha moslashuvchan bo‘lmagan ta’lim tizimi talabalarning qiziqishini yo‘qotib, ularni kam tarqalgan dasturlash tillarini o‘rganishga majbur qiladi. Natijada, bitiruvchilar bozorda talab yuqori bo‘lgan zamonaviy bilimlarga ega bo‘la olmasliklari mumkin.

International Digital University o‘quv dasturi Britaniya standartlariga asoslangan. 2024 yilda IDU Wolverhampton Universiteti (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi.

Ta’lim to‘lovidagi yordam

IT-diplom — talabgir kasb va munosib mehnat haqi kalitidir. Lekin, ko‘pincha bu sohada ta’lim olish katta xarajatlarni talab qiladi. Ko‘p oilalar uchun obro‘li OTMda kontrakt to‘lovi jiddiy moliyaviy yuk bo‘lib, bu iqtidorli, lekin kamroq moliyaviy imkoniyatlarga ega talabalarning ta’lim olishini cheklaydi.

Biroq hatto kontrakt summasi katta ko‘rinsa-da, universitetning o‘zidan qo‘llab-quvvatlash dasturlarini – stipendiyalar, grantlar, moslashuvchan to‘lov shartlarini ko‘rib chiqsa arziydi.

Xorijda e’tirof etilgan Britaniya diplomi

IT-kasblarning afzalligi kuchli mutaxassislar oldida ochiluvchi katta imkoniyatlarda aks etadi. Rekruterlar (ish beruvchilar) universitetni tamomlagan IT mutaxassislarni ham masofadan, ham xorijiy ofislarda ishlash uchun da’vogar sifatida ko‘rib chiqadilar. Bundan tashqari ish beruvchilar boshqa davlatga ko‘chib o‘tishda, vizalarni rasmiylashtirishda, mehnat faoliyatiga ruxsat olishda yordam beradi. Bitiruvchilarda Buyuk Britaniya, AQSh, Yevropa, Yaponiyada ishlash imkoniyatlari ochiladi – qiziqarli vazifalarni hal qilish, karera qurish va bu sohada e’tirofga erishish shular sirasidan.

Bitiruvchilarga ikki tomonlama (IDU va Wolverhampton universiteti) diplom beriladi, shuningdek xorijda ishga joylashishda yaqindan yordam ko‘rsatiladi.    

Ixtisosliklar va universitet grantlarini olish shartlari haqida idu.uz saytida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin!

Kontaktlar:

Telefon: +998 55 520 50 80

Instagram: https://www.instagram.com/idu.uz

Facebook: https://www.facebook.com/iduuni.uz/       

Telegram: https://t.me/idu_uz

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: