AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilni to‘liq qo‘llab-quvvatladi va «mintaqadagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlar muhimligini» ta’kidladi.
Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali muloqot qilgan. Suhbatda vitse-prezident Kamala Harris ham ishtirok etdi.
Oq uy bayonotida qayd etilishicha, suhbat davomida Bayden Isroilga xavfsizlik kafolatlarini bergan.
«Prezident Isroil xavfsizligini Eron va uning HAMAS, «Hizbulloh» hamda husiychilar kabi terrorchilik tarmog‘idan kelayotgan barcha tahdidlardan himoya qilishga sodiqligini ta’kidladi», — deyiladi bayonotda.
Bayden va Netanyaxu, shuningdek, Amerikaning Isroilga yangi harbiy ta’minoti, xususan, ballistik raketalar va uchuvchisiz uchoqlarga qarshi himoya mavzularini ham muhokama qildi.
Boshqa tomondan, Amerika yetakchisi Yaqin Sharqdagi keskinlikni kamaytirish uchun davom etayotgan sa’y-harakatlarning muhimligini ta’kidladi.
Bayden va Netanyaxu o‘rtasidagi muzokaralar Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Tehrondagi suiqasd natijasida vafot etganidan keyin birinchi marta bo‘lib o‘tdi.
Oq uy bayonotida suhbatdoshlar Haniyaning o‘ldirilishini qoralagani yoki buni qilmagani, aytilmagan.