Rossiya Davlat Dumasi birinchi o‘qishda harbiy ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarni Rossiya fuqaroligidan mahrum etish imkonini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda 31 iyul, chorshanba kuni Rossiya parlamenti quyi palatasi saytida ma’lumot berildi.
Hujjat «Harbiy burch va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi va «Fuqarolik to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutadi, unga ko‘ra Ichki ishlar vazirligi Rossiya fuqaroligini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan erkaklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni harbiy ro‘yxatga olish reyestriga yuborishi kerak bo‘ladi.
Tegishli qonun loyihasi bir kun avval Davlat dumasiga parlament quyi palatasi spikeri Vyacheslav Volodin boshchiligidagi barcha fraksiyalarning deputatlar guruhi tomonidan kiritilgan edi.
Ikki kun avval Davlat dumasi Rossiya fuqaroligini olgan erkaklar uchun harbiy xizmat muddatini ikki yilga, shuningdek, mamlakatning yangi fuqarolari uchun chaqiruv yoshini oshirishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.