Parij-2024 Olimpiadasidan eng yaxshi 20ta fotosurat saralandi. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor

Sport 18:37 / 01.08.2024 20988

Har to‘rt yillikning eng katta sport festivali – Olimpiada-2024 tobora o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. CNN turnir davomida fotomuxbirlar tarixga muhrlagan eng yaxshi fotosuratlarni e’lon qildi. E’tiborlisi, eng sara suratlar orasida o‘zbekistonlik muxlislarning ham fotosi joy olgan.

Triatlon bo‘yicha turnir. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarni sportchilar Sena daryosidan boshlashdi.
 

Foto: Ann-Kristin Pujula/AFP/Getty Images

Stol tennisi bo‘yicha singapurlik sportchi Tszen Tszyan bor e’tiborini sharga qaratgan. 

Foto: P yetros Yannakouris/AP

Fransiyalik velosipedchi Entoni Janjan Parijdagi Luksor obeliski qarshisida fristayl bo‘yicha bahslarda qatnashib, bronzaga ega chiqdi. 

Foto: Emmanuel Dyunan/AFP/Getty Images

Stol tennisi bo‘yicha bahsdan keyin Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya sportchilari mamlakatlarning sovuq munosabatiga qaramay, shohsupada o‘zaro do‘stona selfi qilishdi. Ular orasida xitoylik sportchi ham bor. 

Foto: Jan Katyuf/Getty Images

Boks bo‘yicha bahslarda tojikistonlik Mijgona Samadova amerikalik Aliss Mendosga qaqshatqich zarba yo‘llagan vaziyat. 

Foto:  Moxd Rasfan/AFP/Getty Images

Amerikalik afsonaviy gimnastikachi Simona Baylz AQSh milliy jamoasi safida ajoyib ishtirokidan keyin oltin medalga ega chiqdi. 

Foto: Naomi Beyker / Getty Images

Britaniyalik taniqli tennischi Endi Myurrey bog‘ichini muxlislarga uloqtirgan kadr. U Parij-2024 turniri faoliyatidagi eng so‘nggi musobaqa bo‘lishini ma’lum qildi. 

Foto: Metyu Stokman / Getty Images

Irlandiyalik suzuvchi Deniyel Viffen 800 metrga erkin suzishda oltin medalga ega chiqdi. 

Foto: Adam Pretti / Getty Images

Regbi bo‘yicha AQSh ayollar milliy jamoasi Avstraliya ustidan irodali g‘alabaga erishib, bronza medaliga ega bo‘ldi. Amerikaliklar regbi bo‘yicha ilk bor medalga ega chiqishdi. 

Foto: Fil Noubl/Reyter

O‘zbekistondan tashkiliy tarzda Parijga olib kelingan muxlislar Misrga qarshi o‘yinda o‘z jamoalarini mana shunday qo‘llab-quvvatlashdi. 

Foto: Jyeremias Gonsales/AP 

Fransiyalik qilichboz Aurian Mallo-Breton shpaga yo‘nalishidagi g‘alabasidan keyin murabbiylar bilan o‘yin tahlili vaqtida o‘g‘li Matisni ovutmoqda. 

Foto: Frank Fayf/AFP/Getty Images

APF fotografi Jyerom Bruyye braziliyalik syorfer Gabriyel Medinani ishtirokini yakunlayotganida to‘lqin ostidan chiqishi holatida «ushlagan». E’tiborlisi, foto qahramoni Gabriyel Medina bu chiqishi bilan hakamlardan 10 ballik imkoniyatdan 9,90 ball oldi — bu olimpiya o‘yinlari tarixida syorfingdagi eng yuqori ko‘rsatkich. 

Foto: Jyerom Bruyye/AFP/Getty Images

Yaponiyalik gimnastlar jamoaviy turnirda dramatik g‘alabani nishonlashmoqda. Hal qiluvchi chiqishda xitoyliklar jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygach, yaponiyaliklar 1-o‘rinni egallashdi, chin yurti vakillari esa 2-o‘ringa tushdi. 

Foto: Amanda Perobelli/Reuters

Germaniyalik suzuvchi Lukas Martens 400 metrga erkin usulda suzishdagi g‘alabasidan keyin charchog‘ini chiqarmoqda...

Foto: Pul/AFP/Getty Images

Xitoylik Yu Hay Chen o‘q otish turnirida.

Foto: Amr Alfiki/Reuters

Eyfel minorasi qarshisida o‘tayotgan sohil voleyboli bo‘yicha bahslardan foto. 

Foto: Aleksandra Shmigel/Reuters

Kanadalik Krissi Skarfild regbi bo‘yicha Yangi Zelandiyaga qarshi bahsda raqibini jon holatda to‘xtatib qolishga urinayotgan vaziyat. 

Foto: Karl De Souza/AFP/Getty Images

Fiji va Fransiya o‘rtasidagi regbi bahsidan fotosurat.

Foto: Devid J. Fillip/AP 

Eyfel minorasidagi Olimpiya xalqalari orasidan ko‘rinayotgan oy. 

Foto: Pol Chaylds/Reuters

Eyfel qarshisida o‘tayotgan sohil voleyboli bo‘yicha bahsdan foto. 

Foto: Kay Pfaffenbax/Reuters
Ko‘proq yangiliklar: