Qoraqalpog‘istonning Nukus shahridan Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatidagi Oqtov shahriga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, qatnovlar 22 avgustdan Nukus temiryo‘l vokzalidan amalga oshiriladi. Poyezdlar haftaning payshanba, shanba va seshanba kunlari yo‘lga chiqadi.
23 avgustdan boshlab, haftaning juma, yakshanba va chorshanba kunlari poyezdlar Qozog‘istondan O‘zbekistonga yo‘l oladi.