Birlashgan Millatlar Tashkiloti Isroil armiyasining Livan poytaxti Bayrut aholi zich joylashgan hududlariga hujumidan qattiq xavotirda. Bu haqda BMT matbuot kotibi Stefan Dzyujarrik ma’lum qildi.
Bayonotda tomonlar maksimal darajada vazminlikka chaqirilib, keskinlikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik so‘raladi.
Shuningdek, barcha tomonlar xalqaro huquqqa muvofiq o‘z majburiyatlarini bajarishga majbur ekanligi ta’kidlanadi.
Tomonlar BMT Xavfsizlik kengashining 1701-rezolyutsiyasini «to‘liq» bajarishi va mojaro zudlik bilan tugatilishi kerak, deydi u.
Isroil Bayrutning janubiy qismiga havo hujumi uyushtirdi
Isroil kuchlari Bayrut janubidagi Huhreyk tumanida «Hizbulloh» harakati kengashi joylashgan binoga havo hujumi uyushtirdi.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasining Bayrut janubiga uyushtirgan hujumlarida 3 kishi halok bo‘lgan, yana 74 kishi yaralangan.
Isroil matbuoti Bayrut janubidagi hujumlarning nishoni «Hizbulloh»da ikkinchi raqamli shaxs deb atalgan Fuad Shukur bo‘lganini da’vo qildi.