Angliyada bolalar studiyasiga pichoq bilan qilingan hujum qurbonlari soni ortdi

Jahon 08:50 / 31.07.2024 3184

Angliya shimolidagi Sautport shahrida bolalar raqs klubiga pichoq bilan hujum uyushtirilgani oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 nafarga yetdi. Mersisayd politsiyasi 30 iyul, seshanba kuni ma’lum qilishicha, 9 yoshli qizaloq olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.

Avvalgi kungi hujumda halok bo‘lgan qolgan ikki qiz 6 va 7 yoshda edi. Yana sakkiz nafar bola va ikki yoshi katta shaxs shifoxonalarda qolmoqda. AP xabariga ko‘ra, kattalar va besh nafar bolaning ahvoli og‘ir.

Qo‘shni Benks shahrida yashovchi 17 yoshli yigit hujum qilishda gumonlanib hibsga olingan. Politsiyaning aytishicha, u yolg‘iz harakat qilgan va hujum terrorizm bilan bog‘liq emas. 

Britaniya bosh vazirining munosabati 

Hujum Hart Space Studious binosida, qo‘shiqchi Teylor Sviftga bag‘ishlangan, 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yoga va raqs bo‘yicha master-klass o‘tkazilayotganda sodir bo‘ldi. Britaniya bosh vaziri Kir Starmer o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ushbu hujumdan qattiq hayratda qolganini yozdi. 

Teylor Svift Instagram’da hujum uni «to‘liq shokka» tushirganini aytdi. «Ular raqs darsidagi shunchaki kichkina bolalar edi. Men bu oilalarga ta’ziyamni qanday yetkazishni bilmay qoldim», - deb yozdi amerikalik qo‘shiqchi. 

Ko‘proq yangiliklar: