AQSh Yo‘l harakati xavfsizligi milliy administratsiyasining ma’lum qilishicha, yaxshi yopilmaydigan kapot harakat vaqtida ochilib ketib, haydovchiga yo‘lni ko‘rishni to‘sib qo‘yishi va natijada avariya holatini yuzaga keltirishi mumkin.
Tesla mazkur maummoni hal etish uchun dasturiy ta’minotni masofadan yangilashni boshlagan. Yangilangan dasturiy ta’minot kapot ochiqligini aniqlaydi va yuzaga kelgan vaziyat haqida haydovchini ogohlantiradi.
Chaqirib olinadigan mashinalar orasida Model 3, Model S, Model X va Model Y ning ayrim avtomobillariga taalluqli. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, nosozlik aniqlangan avtomobillar Xitoydagi Magna Closures Co Ltd. kompaniyasi tomonishdan ishlab chiqarilgan kapot zulfini bilan jihozlangan.
Dekabr oyida Tesla avtopilot boshqaruv tizimiga yangi xavfiszlik choralarini o‘rnatish maqsadida 2,03 million avtomobilini chaqirib olishini e’lon qilgandi — bu kompaniyaning AQSh yo‘llaridagi deyarli barcha transport vositalari hisoblanadi.
Iyun oyida esa Tesla xavfsizlik kamarini taqishdagi ogohlantirish tizimida kuzatilgan nosozlik sabab AQShda 125 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib olishi ma’lum bo‘lgandi. Aprelda esa Tesla 4 mingga yaqin Cybertruck elektromobillarini chaqirib olishi aytilgan edi. Ushbu mashinalarning gaz tepkisi detali almashtirilishi kerak.