Rossiya keng ko‘lamli harbiy-dengiz mashqlarini boshladi

Jahon 14:26 / 30.07.2024 3677

Rossiya Arktika, Boltiq va Kaspiy dengizlari hamda Tinch okeanida keng ko‘lamli harbiy-dengiz mashqlarini boshladi. «Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining birlashmalari va tuzilmalari Shimoliy, Tinch okeani va Boltiq flotlarining operatsion zonalarida, shuningdek, Kaspiy flotiliyasi mas’uliyati zonasida rejalashtirilgan mashg‘ulotlarni o‘tkazishni boshladilar», deb xabar qildi seshanba, 30 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Telegram’da.

20 mingdan ortiq ishtirokchilar 

Manevrlarda 300 ga yaqin kemalar, katerlar, suvosti kemalari va yordamchi kemalar, 50 tagacha uchish apparati, 200 dan ortiq harbiy va maxsus texnika, shuningdek, 20 mingdan ortiq harbiy va fuqarolik xodimlari ishtirok etmoqda, deyiladi xabarda. 

Ko‘p kunlik o‘quv mashg‘ulotlari maqsadi dengiz flotining «harbiy qo‘mondonlik va nazorat organlari harakatlarini sinovdan o‘tkazish» va «kemalar ekipajlari, dengiz aviatsiyasi bo‘linmalari va Rossiya dengiz floti qirg‘oq qo‘shinlari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga tayyorligini tekshirish». Manevrlar davomida 300 dan ortiq «qurollardan amaliy foydalanish bilan jangovar mashqlar» o‘tkazilishi kutilmoqda. Gap boshqa narsalar qatorida zenit-raketa va artilleriyadan dengiz va havodagi nishonlarni otish haqida bormoqda. 

Ayni paytda, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashayotgan va so‘nggi ikki yil davomida katta yo‘qotishlarga uchragan Rossiya Qora dengiz floti mashg‘ulotlarda qatnashmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: