Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegarasi bahsli uchastkalarining 94 foizi bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda «Kabar» axborot agentligi Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyatining axborot siyosati xizmatiga tayanib xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ikki davlat hukumat delegatsiyalarining topografik ishchi guruhlari va huquqiy masalalar bo‘yicha ishchi guruhlari navbatdagi muzokaralari avgust oyida Botken shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv davomida tomonlar bahsli hududlarning qolgan 6 foizini muhokama qiladi.
Qirg‘iz-tojik davlat chegarasining umumiy uzunligi 972 kilometrni tashkil qiladi.