To‘rt o‘zbekistonlik qovunlar orasiga yashirinib, Rossiyaga kirishga urindi

Jahon 18:36 / 30.07.2024 12007

Yuk mashinalaridan birida qovun solingan qutilar orasiga yashirinib, Rossiya hududiga kirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar ushlandi. Bu haqda Mash xabar berdi.

Saratov oblastining Ozinki qishlog‘idagi nazorat-o‘tkazish punktida chegarachilar yuk mashinasini to‘xtatgan. Hujjatlarga ko‘ra, uning ichida faqat qovunlar bo‘lishi kerak edi. Biroq, yuk mashinasi tekshirilganda qutilar ostida to‘rt nafar o‘zbekistonlik borligi aniqlandi.

Ta’kidlanishicha, haydovchi va qonunbuzarlarga nisbatan Rossiya davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularga 5 yilgacha qamoq jazosi xavf solmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: