Navalniyning ittifoqchisi Kseniya Fadeyeva koloniyadan olib chiqib ketildi

Jahon 08:51 / 30.07.2024 4058

Shahar dumasi sobiq deputati va Aleksey Navalniyning Tomskdagi shtabi sobiq rahbari Kseniya Fadeyeva koloniyadan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda uning tarafdorlari 29 iyul, dushanba kuni xabar berishdi.

Fadeyevaning advokati kecha Novosibirskdagi IK-9 koloniyasiga yetib keldi, biroq unga mijozi «ketgani»ni aytishdi. «Koloniya vakillari advokatning Kseniya aynan qayerga olib ketilgani, qachon, nima uchun olib ketilgani va kimning iltimosiga binoan olib ketilgani haqidagi savollariga javob berishdan bosh tortdi», dedi Fadeyeva tarafdorlari.

Kecha erta tongda Navalniyning Ufadagi shtabi sobiq rahbari Liliya Chanisheva g‘oyib bo‘ldi. U Perm viloyatidagi koloniyadan olib ketilgan, dedi uning eri Almaz Gatin. Huquq himoyachisi Oleg Orlov bilan ham xuddi shunday holat yuz berdi. «Memorial» xabariga ko‘ra, u Sizrandagi 2-TIZOdan olib ketilgan. Barcha holatlarda ma’muriyat mahbuslar qayerga yuborilganini aytishdan bosh tortdi.

Fadeyeva ishi 

Dekabr oyida Tomskning Sovetskiy tuman sudi Fadeyevani 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bundan tashqari, Fadeyeva 500 ming rubl jarimaga tortildi. 

Navalniy shtabi sobiq rahbari o‘z mansab mavqeyidan foydalangan holda ekstremistik hamjamiyat faoliyatini tashkil etish va fuqarolarning shaxsiyati va huquqlarini buzuvchi notijorat tashkilotda ishtirok etishda aybdor deb topildi. 

«Memorial» inson huquqlari jamiyati Fadeevani siyosiy mahbus deb biladi, chunki ta’qibga sabab uning Navalniyning shtabida ishlashi bo‘lgan. 2020 yildan beri Fadeyeva Tomsk shahar dumasida ishlagan. U shu yilning iyun oyida hukm kuchga kirganidan keyin vakolatlaridan mahrum qilingan edi.

https://www.dw.com/ru/eksglava-staba-navalnogo-v-tomske-ksenia-fadeeva-propala-iz-kolonii/a-69799288

Ko‘proq yangiliklar: