Ko‘chalaridan ayrilayotgan Batista – Braziliyadagi shaharchani odamlar nega tark etyapti?

Jahon 10:42 / 30.07.2024 10374

Tuproq o‘pirilishi tufayli Afrika va Shimoliy Amerikadagi ayrim jamiyatlar yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Shunday hududlardan biri Braziliya shimoli-sharqidagi Buritikupu shahridagi Batista shaharchasi. Aholi yashaydigan yer ostidan ulkan kraterlar ochilib, ko‘chalarni va uylarni yutib yuborgan, qurbonlar ham bor. Mutaxassislarga ko‘ra, yer o‘pirilishi taxminan 10 yil oldin boshlangan. Oxirgi yillarda yog‘ingarchilik 20-50 foizga oshgan. Natijada yer o‘pirilishi ham ikki va hattoki uch barobarga ortgan.

Mahalliy aholining aytishicha, yer o‘pirilishi arafasida zilzilaga o‘xshash qimirlash paydo bo‘ladi.

Biz hududimizni tashlab boshqa joyga ketishga majbur bo‘lyapmiz. Lekin boshqa hududlarning o‘z egalari bor. Oldinlari ko‘chadan pastga tushar edim. Biroq jarlik bunchalik yaqin emasdi”, – deydi shaharchada yashab kelayotgan Kinshasa DrCongo.

Aleksandre Kadadaning uyi ham jarlik paydo bo‘lgan hududga juda yaqin masofada joylashgan. Bir kun o‘pirilish uning uyiga yetib kelishidan xavotirlangani uchun ham oilasini boshqa joyga ko‘chib o‘tishga majburlagan. 

Uning aytishicha, 2022 yilda 62 odam – ular ichida Aleksandrening qo‘shnilari ham bor – kuchli yog‘ingarchilik sabab yer o‘pirilishida vafot etgan. Hozir ham 100ga yaqin uy xavf ostida.

Shu turgan joyimda bizning uyimiz, narigi tomonda esa qo‘shnim yashar edi. U 4 bolasi bilan vafot etdi. 30-40 daqiqa ichida jarlik ochilib ketdi va uylarning hammasi g‘oyib bo‘lib qoldi. Turar joylarimiz tanib bo‘lmas holga keldi”, – deb hikoya qiladi Aleksandre Kadada.

O‘sha falokatning yana bir guvohlaridan biri Jose Ribamar. Uning 80 yoshli otasi o‘pirilish paytida jarlikka qulab ketgan hududda bo‘lgan. 

Men yetib kelganimda otamning mashinasi gugurt qutisidek pastga tushib ketdi. Otam tirik qolmadi deb o‘ylagandim. Yaqinroq borib qarasam otam tirik va u politsiyachining tizzasida edi. Ular otamni olib ketishdi”, – dedi u.

Marisa Cardoso Freyre ham xavf sabab uyini tashlab ketishga majbur bo‘lganlardan. “U yerda bizning uyimiz bor. Yashaganimizda hovlida kichik qushlar bo‘lib, juda toza tuturdik. Hozir esa boshqa uylar kabi tashlandiq joyga aylandi qoldi”, – deydi u.

Mahalli aholi shaharchadagi yomg‘irlar chiqib ketishi uchun infratuzilma yomon tashkillashtirilganidan norozi. Ularning aytishicha, quvurlar juda kichik. Ular ko‘p hajmdagi yomg‘ir suvlarini tutib qololmayapti va toshib ketib, yer o‘pirilishiga sabab bo‘lyapti. 

Shuningdek, shaharda daraxtlar ham kamayib ketyapti. Hududda 1999 yilda quyuq daraxtlar bo‘lgan. 20 yil ichida esa ular keskin kamayib ketgan. Olimlarning fikricha, daraxtlar tuproqdan yomg‘ir suvlarini so‘rib olishga xizmat qilgan. Aynan shu ham jarliklar kengayishini tezlashtirgan. 

Hukumatning bunga kam e’tibor qaratayotgani sabab mahalliy aholi o‘z yechimlarini taklif qilyapti. Injiner Golli Jao Batistada bambuk, banan va boshqa daraxtlarni ko‘paytirishni boshlagan.

Agar chorasini ko‘rmasam yomg‘ir hamma narsani olib ketishi mumkin. Hozir biz kichkina bo‘lsa ham investitsiyaga muhtojmiz. Odamlar yordamiga muhtojmiz”, – deydi u.

Aholi qo‘ldan kelgancha o‘z hududining jarlikka aylanib ketishiga qarshi kurashyapti. Ular uchun uylarini tashlab ketish juda og‘ir.

Chunki uy-joyga erishish ham qiyin. Agar bu tugasa biz ketamiz, bu yerda boshqa yo‘l yo‘q. Ichimiz og‘riydi. Biz erkaklarmiz va emotsional bo‘lolmaymiz, lekin bularni gapirib berish uchun o‘zimni qanday tutub turganimni o‘zim va Xudo biladi xolos”, – deb so‘zini tugatadi Golli Jao.

Batistaliklar bilan og‘ir jarayon yuz beryapti, lekin ular bir narsadan quvonishlari mumkin: uylarni yaxshi infrastruktura bilan saqlab qolishning iloji bor.

Ko‘proq yangiliklar: