Eron prezidenti: Isroilning Livanga ehtimoliy hujumi jiddiy xato bo‘ladi

Jahon 09:56 / 30.07.2024 6470

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Livanga ehtimoliy hujumi og‘ir oqibatlarga olib keladigan jiddiy xato bo‘lishidan ogohlantirdi.

Eron rasmiy axborot agentligi IRNA xabariga ko‘ra, prezident Pezeshkiyon fransuz hamkasbi Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qilgan. 

Suhbat chog‘ida tomonlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy tadbirlarni muhokama qildilar. 

Pezeshkiyon Makronga Eronning Fransiya bilan munosabatlarni halollik va o‘zaro ishonch asosida rivojlantirishga tayyorligini bildirdi. 

Isroil hujumlari oqibatida mintaqada yuzaga kelgan taranglikka to‘xtalgan Pezeshkiyon, Livanning janubiy chegaralarida Isroil bilan keskinlik kuchayishidan xavotir bildirdi. 

«Sionistik rejimning Livanga hujumi jiddiy xato bo‘lib, u dahshatli oqibatlarga olib keladi», - deya ogohlantirdi Eron prezidenti.

Fransiya prezidenti Makron, o‘z navbatida, Eronning Fransiya va boshqa Yevropa davlatlari bilan munosabatlari rivojlanishiga umid bildirdi. 

Ko‘proq yangiliklar: