Rossiyada chet elliklarga SIM-karta berish talablari kuchaytiriladi

Jahon 18:51 / 29.07.2024 3626

Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi deputatlarga Rossiya fuqarolarini mobil aloqadan foydalangan holda jinoyatlardan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qilishni tavsiya etdi.

Tashabbus abonentlarning nomiga rasmiylashtirilgan barcha raqamlar to‘g‘risida ularni xabardor qilishni nazarda tutadi, xorijliklar tomonidan SIM-kartalarni sotib olish qoidalarini kuchaytiradi, shuningdek, messenjerlarda ommaviy kanallarini anonimlikdan chiqarish tartibini o‘rnatadi.

Hujjat Davlat Dumasiga taqdim etilgan va iyun oyida birinchi o‘qishda qabul qilingan edi. Qo‘mita raisi Aleksandr Xinshteyn ta’kidlaganidek, ikkinchi o‘qishda deputatlar tashabbusni yakunlab, bir nechta tuzatishlarni ma’qulladilar. Shunday qilib, xorijliklar uchun 10 dan ortiq abonent raqamlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlash joriy etildi.

Xususan, Rossiya fuqarolari uchun ham SIM-kartalar soniga cheklov joriy etilmoqda – ular 20 dan ortiq raqamni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

Bundan tashqari, qo‘mita, shuningdek, 10 mingdan ortiq obunachiga ega messenjerlardagi kanallar egalarining o‘zi haqidagi ma’lumotlarni «Roskomnadzor»ga (RKN) xabar qilish majburiyati to‘g‘risidagi tuzatishni ham qo‘llab-quvvatladi.

RKN messenjerlarda shunday kanallar ro‘yxatini yuritadi. Ro‘yxatdan o‘tmagan kanallarda reklama joylashtirish va bunday kanaldan xabarlar repost qilish taqiqlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: