Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij-2024: Yana ikki bokschi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi
Olimpiadaning uchinchi kungi bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasining sakkiz vakili ishtirok etdi. Bahodir Jalolov va Ruslanbek Abdullayev chorakfinalga chiqdi, O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori, qilichboz Zaynab Dayibekova muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
29 iyul kuni Parij shahrida yozgi Olimpiadada uchinchi kun bahslari bo‘lib o‘tdi.
Dastlab boks bo‘yicha -66 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Ruslanbek Abdullayev nimchorak final doirasida meksikalik Martines Ramiresga qarshi ringga ko‘tarildi.
To‘liq davom etgan bahsda O‘zbekiston vakili barcha hakamlar qarori bilan g‘alaba qozondi (5:0) va chorakfinalga yo‘l oldi. Endi u 1 avgust kuni yarim final yo‘llanmasi uchun kanadalik Vaytt Sanfordga qarshi ringga ko‘tariladi.
Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov ham chorakfinalga chiqdi. U ham saralashda norvegiyalik Oman Shiha ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (5:0). Endi 2 avgust kuni yarimfinal yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori, qilichboz Zaynab Dayibekova esa muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi.
Sablya dasturida qatnashgan Dayibekova dastlabki bosqichdayoq janubiy koreyalik Yun Jisuga 11:15 hisobida mag‘lub bo‘ldi va yakkalik bahslarida Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.
Dzyudo bo‘yicha ayollar jamoasi vakili, -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shukurjon Aminova dastlabki bosqichda Kot d’Ivuar vakili Zulayhe Dabonneni mag‘lub etdi, ammo keyingi bosqichda gurjistonlik Eteri Lipartelianiga yutqazib, Parij Olimpiadasidagi ishtirokini yakunladi.
Dzyudo bo‘yicha erkaklar jamoasi vakili, -73 kg vazn toifasida qatnashgan Murodjon Yo‘ldoshev ham birinchi bosqichda qozog‘istonlik Daniyar Shamshayevdan ustun keldi, ammo keyingi bosqichda moldovalik Adil yutqazib qo‘yib, turnirni tark etdi.
Shuningdek, bugun akademik eshkak eshuvchi o‘zbekistonlik sportchilar o‘tish bosqichidagi ishtiroklarini o‘tkazdi.
Yengil vaznli sportchilar ishtirokida kechgan bahsda Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev juftligi o‘z guruhida 4-bo‘lib marraga yetib keldi va finalga chiqa olmadi.
Endi ular 31 iyul kuni C finalida startga chiqadi.
29 iyul kuni 800 metrga erkin suzish dasturida saralash bahslarida O‘zbekiston vakili Ilya Sibirsev ishtirok etdi.
U 1-saralash guruhida 7:56.67 daqiqa natija bilan marraga yetib keldi. Ammo bu natija sportchiga final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kamlik qildi. U umumiy reytingda 31 nafar suzuvchi orasida 22-o‘rinni egalladi. Final yo‘llanmasi esa eng yaxshi natijani qayd etgan 8 nafar sportchiga nasib etdi.
U avvalroq 400 metrga erkin suzish dasturida ham finalga chiqa olmagan edi. Shu tariqa, Ilya O‘zbekiston uchun o‘zining ilk Olimpiadasidagi ishtirokini yakunladi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

16:32 / 13.06.2025
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:39 / 06.02.2025
Jalolovning Spilmondga qarshi jangi bekor bo‘ldi

20:33 / 13.01.2025