Olimpiadaning ikkinchi kunidan keyin O‘zbekiston kuchli o‘nlikda. Bugun yana 8 sportchi bahslarga kirishadi

Sport 09:35 / 29.07.2024 15339

Dzyudochi Diyora Keldiyorovaning finaldagi g‘alabasidan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi 1 ta oltin medal bilan umumiy reytingda 10-o‘rinda joylashdi.

Yaponiya (4–2–1), Avstraliya (4–2) va AQSh (3–6–3) kuchli uchlikni tashkil etgan.

Markaziy Osiyo vakillari orasida Qozog‘iston 1 oltin va 3 bronza medal qo‘lga kiritgan holda 8-o‘rinda bormoqda.

29 iyul kuni O‘zbekiston vakillari qilichbozlik, dzyudo, boks, suzish va akademik eshkak eshish bo‘yicha bahslarda qatnashadi.

Bugungi bahslarda jami 8 nafar o‘zbekistonlik medallar uchun o‘z imkoniyatini sinab ko‘radi:

  • 13:00 dan so‘ng. Dzyudo (57 kg). Shukurjon Aminova – Zuleyha Dabonne (Kot d'Ivuar), (1/16 final)
  • 13:00 dan so‘ng. Dzyudo (73 kg). Murodjon Yo‘ldoshev – Daniyar Shamshayev (Qozog‘iston), (1/16 final)
  • 13:25. Qilichbozlik (sablya). Zaynab Dayibekova – Yu Jinsu (Koreya Respublikasi), (1/16 final)
  • 13:40. Akademik eshkak eshish. Yengil vaznli juftlik (o‘tish bosqichi). Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev)
  • 14:28. Suzish (800 metrga erkin usulda). Ilya Sibirsev, (saralash, 1-guruh)
  • 15:04. Boks (63,5 kg). Ruslan Abdullayev – Migel Ramires (Meksika), (nimchorak final)
  • 20:06. Boks (+92 kg). Bahodir Jalolov – Omar Shiha (Norvegiya), (nimchorak final).
Ko‘proq yangiliklar: