Meta, Google va Apple 6 oyda O‘zbekistonda qancha soliq to‘lagani ma’lum qilindi

Iqtisodiyot 18:09 / 29.07.2024 3905

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 60 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024 yil yanvar-iyun oylarida 48,4 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Eng ko‘p soliq Meta korporatsiyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp egasi) tomonidan to‘langan – 18,4 milliard so‘m.

To‘langan soliqlarning 95,1 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

  • Meta - 18,4 mlrd so‘m;
  • Google - 12,9 mlrd so‘m;
  • Apple - 9,8 mlrd so‘m;
  • Vooking.com - 1,1 mlrd so‘m;
  • Amazon - 949,2 mln so‘m;
  • Zoom - 696,6 mln so‘m;
  • Netflix - 666 mln so‘m
  • Assa - 652,1 mln so‘m;
  • Xsolla - 449,3 mln so‘m;
  • Adobe - 301,3 mln so‘m.

Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari O‘zbekistonda o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.

Ko‘proq yangiliklar: