Erdo‘g‘an Isroilga «xuddi Qorabog‘ va Liviyadagi kabi» qo‘shin yuborish bilan tahdid qildi

Jahon 07:33 / 29.07.2024 10737

Turkiya Liviya va Qorabog‘ga kirgani kabi Isroilga ham kirishi mumkin, dedi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, uning so‘zlarini Al Ain Türkçe nashri keltirdi.

«Qorabog‘ va Liviyaga qanday kirgan bo‘lsak, ularga ham shunday qilishimiz mumkin», - deya ogohlantirdi u Isroilning Falastinga nisbatan siyosatiga javoban. 

Erdo‘g‘on 2020 yil yanvar oyida Tripolida Liviya Milliy kelishuv hukumatini (MKH) qo‘llab-quvvatlash uchun turk qo‘shinlarini Liviyaga jo‘natishini e’lon qildi. Liviya rahbari, polkovnik Muammar Qaddofiy ag‘darilib o‘ldirilgach, mamlakat ikkiga bo‘lindi: g‘arbda, Tripolida MKH hukmronlik qildi (hozirgi - Abdel Hamid Dbeyba milliy birlik hukumati), sharq esa marshal Xalifa Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi tomonidan nazorat qilinadi. 

2020 yilning kuzida Turkiya Tog‘li Qorabog‘dagi Armaniston bilan mojaroda Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatladi. Ozarblyjon prezidenti Ilhom Aliyev so‘ng «Rossiya va Turkiya qo‘shma tinchlikparvarlik missiyasi» haqida gapirdi. Moskva Qorabog‘da faqat Rossiya tinchlikparvar kuchlari bo‘lishini, Turkiya bilan o‘zaro aloqalar Ozarboyjon hududidagi monitoring markazi doirasida amalga oshirilishini bildirdi. 

Turkiya rahbari Falastin-Isroil mojarosini 1967 yil chegaralari ichida poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini yaratish yo‘li bilan hal etish tarafdori. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu «ikki davlat» g‘oyasini rad etadi.

Isroilning HAMAS bilan urushi boshlanganidan so‘ng, Erdo‘g‘an Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi harakatlarini bir necha bor tanqid qilib, ularni «qirg‘in» bilan qiyoslagan, shuningdek, Netanyahuni «hisobdan chiqarganini» va endi u bilan aloqa qilmayotganini aytgan. «Biz bilishimiz kerakki, hozirgi Hitler, Netanyahu va uning sheriklari javobgarlikdan qochib qutula olmaydi. Qanchalik uzoqqa yugurmasin, biz unga yetib olamiz», dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: