Turkiya va Suriya so‘nggi o‘n yil ichida Erdo‘g‘an va Asad o‘rtasidagi ilk uchrashuvga tayyorlanmoqda - OAV

Jahon 21:20 / 27.07.2024 6632

So‘nggi bir oy ichida Turkiya va Suriya maxsus xizmatlari vakillari prezidentlar Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Bashar Asad o‘rtasida uchrashuv tashkil etish bo‘yicha muzokaralarning uch raundini o‘tkazdi.

Turkiye gazetasining xabar berishicha, ikki davlat rahbarlari 2011 yildan beri ilk bor avgust oyida chegara punktida uchrashishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Gazeta suhbatdoshlari uchrashuvning kutilayotgan sanasini aytmagan.

Ta’kidlanishicha, uchrashuvga tayyorgarlik jarayoni «juda tez ketmoqda». Nashrning yozishicha, uchrashuvda Vladimir Putin ham ishtirok etishi mumkin. Kreml hozircha bu ma’lumotga izoh bermadi.

24 iyul kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidon Erdo‘g‘an va Asad o‘rtasidagi uchrashuvni tashkil etish ustida ishlayotganini aytdi, biroq aniq biror narsa haqida gapirishga hali erta ekanligini ta’kidladi.

Asad turkiyalik hamkasbi bilan «mamlakat manfaatlariga javob beradigan» uchrashuvga tayyor ekanini aytdi. Turkiya prezidenti Vladimir Putin va Bashar Asad bilan uchtomonlama muzokara o‘tkazilishini rad qilmadi.

Ko‘proq yangiliklar: