Gurjistonlik sportchi o‘ninchi Olimpiadada qatnashib, rekordni takrorladi

Sport 20:33 / 27.07.2024 7788

Gurjistonlik Nino Salukvadze o‘z faoliyatidagi o‘ninchi Olimpiadada qatnashib, kanadalik chavandoz Yan Millar rekordini takrorladi.

55 yoshli Salukvadze 27 iyul kuni Parijda bo‘lib o‘tgan 2024 yilgi o‘yinlarda 10 metr masofaga pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha saralash bosqichida qatnashib, 44 nafar ishtirokchi orasida 38-o‘rinni egalladi va finalga chiqa olmadi.

Salukvadze birinchi marta 1988 yilda SSSR terma jamoasi tarkibida Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan. Keyin u 25 metr masofaga to‘pponchadan otishda oltin, shuningdek, 10 metr masofaga otishda kumush medalni qo‘lga kiritdi. 2008 yilda Pekinda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda Salukvadze 10 metrga o‘q otishda bronza medaliga ega bo‘ldi.

Millar ilgari o‘nta Olimpiadada (1972, 1976, 1984, 1988, 1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012) qatnashgan tarixdagi yagona sportchi edi.

Ko‘proq yangiliklar: