Uchtepada quvurlar yorilishi oqibatida suv toshdi

O‘zbekiston 16:25 / 26.07.2024 4704

Tarmoqlarda Uchtepa tumanining Shirin chorrahasida suv quvurlari yorilib, ko‘chalarda suv toshayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Unda suv tobora ko‘payib, ko‘lmakka aylanib borayotgani ko‘rinadi.

Uchtepa tumani hokimiyatiga ko‘ra, haqiqatan ham Shirin chorrahasidagi issiq suv quvurlarida muammo yuzaga kelgan. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Aziz Naimovning Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, 5- va 9-qozonxona magistral quvurlari bosim ostida tekshirilayotgan vaqtda quvurlar yorilgan.

“Aynan sinov vaqtida yorilgan. Hozirda nosozlik joyi aniqlangan, bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Suv to‘xtatilgan”, – deydi u.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Yunusoboddagi suv o‘tkazgich tarmog‘ida ham nosozlik kuzatilib, ko‘chalarni suv bosgandi. O‘shanda “O‘zsuvta’minot” quvur yorilishi oqibatida 80-85 ming kub metr ichimlik suv yo‘qotilganini ma’lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: