Rossiyalik deputatlar Putinni Olimpiya sulhiga chaqirdi

Jahon 10:37 / 26.07.2024 6169

25 iyul, payshanba kuni turli chaqiriqlardagi rossiyalik deputatlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiya Federatsiyasi siyosiy rahbariyatiga ochiq xat yo‘llab, Parijdagi Olimpiya o‘yinlari vaqtida Ukrainadagi jangovar harakatlarda sulhga chaqirishdi. Murojaatni 40 ga yaqin kishi imzolagan.

Xatda amaldorlar rasmiylar va shaxsan Putinga «tinchlik va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik»ni namoyish etishga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2000 yil 8 sentabrdagi Mingyillik deklaratsiyasida BMTga a’zo davlatlar Olimpiya sulhiga rioya qilishi to‘g‘risida belgilangan sport an’analarini davom ettirishga ruxsat berishni taklif qiladi. «Insoniyatning eng yaxshi namunalariga ergashing!» - deya deputatlar murojaati umumlashtirilgan.

Xatga imzo chekkan shahar deputatlarining aksariyati amaldagi xalq vakili emas. Masalan, imzolaganlar orasida - huquq himoyachisi va Moskva shahar dumasi sobiq deputati, Rossiyada «chet el agenti» sifatida tan olingan Yevgeniy Stupin ham bor. Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, amaldor Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumiga qarshi chiqqan va Rossiya rasmiylarining siyosiy qarorlari haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan. 

Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Ularda rossiyalik va belaruslik sportchilar neytral maqomda bahslashadi. 

Ko‘proq yangiliklar: