NATO Ruminiyada dron qulashini Rossiya hujumi sifatida baholamaydi

Jahon 11:04 / 26.07.2024 2897

Ruminiya hududida Rossiya uchuvchisiz uchoqlari parchalari topilganidan keyin NATO Rossiyaning alyans hududiga ataylab hujum qilgani alomatlarini ko‘rmadi. Bu haqda 26 iyul, juma kuni Reuters xabar berdi. «NATOda Rossiyaning ittifoqdosh hududga ataylab hujum qilgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, bu harakatlar mas’uliyatsizlik va potensial xavflidir», dedi alyans vakili.  

25 iyulga o‘tar kechasi Rossiya yirik hujumiga uchragan Ukrainaning Ismoil porti yaqinida joylashgan Plauru qishlog‘i hududida Rossiyaning Shahed uchuvchisiz uchoqlari parchalari topildi. Hodisa munosabati bilan, Ruminiya havo hududini himoya qilish bo‘yicha NATO missiyalarida qatnashayotgan Finlandiyaning ikkita F-18 qiruvchisi kuzatuv uchun havoga ko‘tarildi.

Ruminiya Mudofaa vazirligidan berilgan bayonotga ko‘ra, boshqa uchuvchisiz uchoqlar parchalarini qidirish davom etmoqda. Departamentning aniqlik kiritishicha, dronlar qulashi mumkin bo‘lgan hudud «yashash joylaridan tashqarida joylashgan va infratuzilmaning hech qanday elementi zarar ko‘rmagan». 

Ko‘proq yangiliklar: