Moskvada o‘zbekistonliklarning qariyb 1 mln rubl ish haqi undirib berildi 

Jamiyat 07:41 / 26.07.2024 2663

Moskvada bir guruh o‘zbekistonliklarning 950 ming rubl oylik maoshi undirib berildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh o‘zbekistonliklarning “Megatron” korxonasi oylik maoshlarini bermayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar fuqaroning 950 ming rubl oylik maoshi ish beruvchidan undirib berildi.

Ko‘proq yangiliklar: