Issiqxona xo‘jaliklariga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun subsidiya ajratiladi

O‘zbekiston 11:06 / 26.07.2024 1376

Vazirlar Mahkamasining "Issiqxona xo‘jaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.

Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • issiqxona xo‘jaliklariga jalb qilinadigan xorijiy malakali agronomlar, entomologlar va laboratoriya mutaxassislari ro‘yxatini shakllantirish;
  • malakali agronomlarning "yashil reyestri"ni yuritish;
  • xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun subsidiya ajratish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish, ularni ko‘rib chiqish va subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
  • issiqxona xo‘jaliklariga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha monitoring olib borish.

Xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun subsidiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi xizmatlari agentligining Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasidan har bir mutaxassis uchun bir oyga ekvivalentda 1 ming AQSh dollaridan oshmagan miqdorda ajratiladi. Bunda subsidiya barqarorlik reytingi V va undan yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlarining issiqxona xo‘jaliklariga beriladi.

Issiqxona xo‘jaliklariga xorijdan malakali agronomlar, entomologlar va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash maqsadida ajratiladigan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi. 

Ko‘proq yangiliklar: