O‘zbekistonda 12 kun davom etgan davlat imtihonlari yakuniga yetdi. Test topshirgan abituriyentlarning natijalari mandat.uzbmb.uz saytida e’lon qilindi.
Bu yil jami 737 351 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashdi. Bu o‘tgan yilgidan 151 mingga kam. Ruxsatnoma chiqarilgan 65 243 nafar abituriyent imtihonga kelmagan. Testdan chetlatilganlar – 94 nafar.
Bu yil eng ko‘p abituriyentlar Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Eng yuqori o‘rtacha ballar Buxoro, Toshkent va Farg‘ona viloyatidan qatnashgan abituriyentlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Hududlar kesimida o‘rtacha ballar quyidagicha:
- Buxoro viloyati — 75,9 ball;
- Toshkent shahri — 74,6 ball;
- Farg‘ona viloyati — 69,9 ball;
- Namangan viloyati — 68 ball;
- Xorazm viloyati — 68 ball;
- Navoiy viloyati — 67,2 ball;
- Samarqand viloyati — 67 ball;
- Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball;
- Jizzax viloyati — 65,5 ball;
- Surxondaryo viloyati — 64,7 ball;
- Toshkent viloyati — 64 ball;
- Andijon viloyati — 63,5 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63,3 ball;
- Sirdaryo viloyati — 62,8 ball
Testda qatnashgan abituriyentlarning 345 869 nafari o‘qishga kirish uchun yig‘ish kerak bo‘lgan minimal 56,7 ballni ham to‘play olmagan. Bu jami abituriyentlarnning 46,9 foizi degani.
Qariyb 47 foizlik bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi natijadan yaxshiroq. 2023/24 o‘quv yili uchun imtihonlarda 49,4 foiz yoki 439 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi.
Qolgan 391 482 nafar yoki 53,1 foiz abituriyent minimal o‘tish ballidan yuqorisini to‘plagan.