Ikki hududda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

O‘zbekiston 08:31 / 26.07.2024 3080

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.B. tegishli hujjatlari bo‘lmagan 30 quti “Elflok 100 ml” nomli dori vositasini Jalaquduq tumanidagi “Z.F.” MChJga qarashli dorixonaga o‘tkazish uchun olib kelgan vaqtida ushlanib, uning boshqaruvidagi avtotransport vositasi va yashash xonadonidan sotish maqsadida saqlab kelingan umumiy bahosi 172,2 mln so‘mlik hujjatsiz dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan

Shu kabi, departamentning Angor tuman bo‘limi viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.M. fuqaro M.X.ga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 8 quti (288 kapsula) “Reduksin layt” va 8 quti Detox Tea nomli dori vositalarini 4,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: