Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo kam bulutli va juda issiq bo‘ladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, hududning katta qismida havo harorati kunduz kunlari +38...+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +44...+45 darajagacha ko‘tariladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayadi.
Harorat kechalari +25...+27 daraja, kunduz kunlari +39...+42 daraja bo‘ladi.