AQSh Kongressi qotilni olqishladi - Erdo‘g‘an

Jahon 18:55 / 26.07.2024 9831

AQSh Kongressi genotsid qotilini qanday olqishlaganiga butun dunyo guvoh bo‘ldi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning AQSh Kongressi Vakillar palatasi va Senati a’zolari oldidagi nutqini sharhlar ekan, aytib o‘tdi.

«Insoniyatga xizmat qilayotganlarni olqishlash kerak. Vakillar palatasi qariyb 40 ming bola, ayollar va qariyalarni yo‘q qilgan shaxsni olqishladi», dedi Turkiya rahbari.

Davlat rahbari «dunyoga demokratiya va inson huquqlari haqida ma’ruzalar o‘qiyotganlar zamonamiz Hitlerini zarracha uyalmasdan ulug‘lashini» ta’kidladi.

Prezident Erdo‘g‘an AQSh Kongressidagi nutqi chog‘ida «qo‘lida 150 ming g‘azolik qoni bo‘lgan qassob (Netanyahu) uchun chalingan qarsaklarni «aqldan ozish», deb atadi.

Turkiya prezidenti yana bir bor xalqaro tizimni isloh qilish zarurligini ta’kidladi.

«Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozongan davlatlarning iqtisodiy, siyosiy, harbiy va diplomatik manfaatlarini himoya qilish maqsadida shakllangan global tizim eskira boshladi», dedi siyosatchi.

Ko‘proq yangiliklar: