Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakatning o‘z uzoq masofali raketalarini yaratish va ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlarini ma’lum qildi. «Bizning raketa dasturimiz yaxshi harakat qilmoqda va bu qiyin vazifa bo‘lsa-da, asta-sekin o‘z raketalarimizdan foydalanish qobiliyatiga yaqinlashmoqdamiz», dedi u 23 iyul, seshanba kuni kechki videomurojaatida.
Zelenskiy: Rossiya pozitsiyalarini «butun chuqurlikda» nishonga olishni ta’minlash kerak
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hamkorlardan yordam olish bilan bir qatorda, «barcha vositalar va bor kuchi bilan Rossiya qo‘shinlarini, ularning moddiy-texnik ta’minotini doimiy samarali nishonga olish uchun o‘z yechimlarini qidirmoqda».
Bu yerda maqsad «maksimal mudofaa mustaqilligi», chunki bu «samarali ittifoqchilarni topish va o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarishni osonlashtiradi», deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
Ukrainaning bir qator g‘arbiy hamkorlari unga Rossiya Federatsiyasi hududiga zarba berish uchun yetkazilgan qurollardan foydalanishga ruxsat taqdim etdi, ammo istisnolar mavjud. Shu bilan birga, Ukraina zaruriy qurol-yarog‘ yetkazib berish kechiktirilayotgani haqida bir necha bor ma’lum qilgan. Bundan tashqari, Germaniya uzoq masofali TAURUS raketalarini Kiyevga berishdan bosh tortmoqda.