Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi

O‘zbekiston 15:42 / 25.07.2024 2699

“Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra:

  • 2024–2026 yillarda Buxoro va Namangan viloyatlarida bittadan hamda Toshkent shahrida ikkita zargarlik markazlari tashkil etiladi;
  • zargarlik markazlarida tadbirkorlik sub’yektlari uchun zarur infratuzilma yaratiladi;
  • 2025 yil yakunigacha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning yillik ishlab chiqarish hajmlari 1 milliard AQSh dollariga va eksport ko‘rsatkichi 100 million AQSh dollariga yetkaziladi.

2025 yil 1 yanvargacha zargarlik markazlarini tashkil etish uchun davlat ko‘chmas mulk obektlarini yaxlit mulk sifatida yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga bo‘lgan holda tadbirkorlik sub’yektlari va tijorat banklariga uzoq muddatli ijaraga yoki mulk huquqi asosida, qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlarida realizatsiya qilish choralari ko‘riladi.

Farmonga muvofiq tashkil etiladigan zargarlik markazlaridagi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan sotishda:

  • 90 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – foiz hisoblanmaydi;
  • 91-kundan boshlab 180-kungacha amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi.
Ko‘proq yangiliklar: