Qirg‘izistonda Otalar kuni to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Jahon 19:30 / 25.07.2024 5052

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Qirg‘iziston Respublikasida Otalar kuni va Onalar kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

Qonun Jogorku Kenesh tomonidan 2024 yil 26 iyunda qabul qilingan. Qonun bilan Otalar kuni har yili 15 martda va Onalar kuni (may oyining uchinchi yakshanbasi) nishonlanishi belgilandi.

Ma’lum qilinishicha, qonun oila institutini mustahkamlash, shuningdek, ota va onaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va hissasini e’tirof etishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda Onalar kuni 2012 yildan beri may oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: