Markaziy Osiyo davlatlari banklari Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishdan voz kechmoqda

Jahon 13:37 / 25.07.2024 17361

Bu RBK kompaniyasi tanishgan PEK, Digital VED, GTL va Logita Trade transport kompaniyalari sharhida aks etgan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari banklari orqali to‘lovlarni rad etish iyul oyining o‘zida 30 foizga oshgan, operatsiyalarni o‘tkazish muddati esa 15 foizga oshib, ikki haftani tashkil etmoqda.

Bunday vaziyat ushbu mamlakatlardagi banklar komplayensi qat’iylashtirilgani bilan bog‘liq — ular ko‘proq qo‘shimcha hujjatlar va tushuntirishlar, jumladan, kompaniya to‘g‘risida, ularning muassislari, mijozlari, mablag‘larning paydo bo‘lish manbalari, bitimlar tafsilotlari haqidagi ma’lumotlar talab qilmoqda, degan PEK transport kompaniyasi moliyaviy direktori Roman Romashevskiy. Uning aniqlik kiritishicha, muammo 2024 yilning II choragida kuchaygan, hattoki mahalliy valutalar bilan hisob-kitob qilishda ham bo‘y ko‘rsatmoqda.

Bitta bankning o‘zida 10 ming dollarlik tovarlarning unchalik katta bo‘lmagan partiyasi uchun to‘lovlar osongina o‘tishi mumkin, biroq 50 ming dollarlik operatsiyaga rad javobi berilmoqda, degan Logita Trade bosh direktori Tatyana Alekseyeva.

«Markaziy Osiyo banklari orqali tovarlar uchun to‘lovlar boshqa davlatlarga, jumladan Xitoyga o‘tkazilayotganida ko‘proq muammo kelib chiqmoqda», — degan Digital VED hammuassisi Anna Fomicheva. Banklar bu rad etishlarni AQShning sanksiyalari tufayli qora ro‘yxatga tushib qolmaslikdan hazir bo‘layotganlik bilan izohlagan.

Ko‘proq yangiliklar: