B guruhi
Sent-Etendagi triller
Argentina — Marokash 1:2
Gollar: Simeone (68) — Rahimi (45+2, 51 penalti).
Argentina – Rulli, Garsiya (Echeverri, 84), Otamendi, Di Chezare, Soler (Amione, 69), Almada, Senon (Simeone, 54), Medina, Esse (Fernandes, 69), Alvares, Beltran (Gondou, 69).
Marokash – Muhammadi, Hakimi, Al Azzuzi (Nakach, 80), Bukamir, Al Vahdi, Ben-Segir (Keshta, 80), Targallin, Al Hannus (Bushuari, 90), Richardson, Ahomash (Azzalzuliy, 59), Rahimi.
Ogohlantirishlar: Ahomash (39), Al Hannus (45+3), Al Vahdi (61), Rahimi (70), Targallin (87), Fernandes (88), Muhammadi (89), Di Chezare (90+9).
Olimpiadada futbol turnirining birinchi kuni jiddiy mojaro bilan yodda qoladigan bo‘ldi. Marokash va Argentina o‘rtasidagi o‘yin (2:1) qo‘shib berilgan daqiqalarda marokashlik muxlislarning tajovuzkorona harakatlari tufayli to‘xtatildi. O‘yinni oxirigacha yetkazib qo‘yish uchun qariyb ikki soatlik tanaffus qilindi.
Uchrashuv hayratlanarli syujyetda kechdi. Ashraf Hakimi boshchiligidagi «Atlas sherlari» mudofaasi birinchi bo‘limda Maskerano shogirdlariga o‘yin bermadi, bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda hisobni ochishdi: 28 yoshigacha Yevropada o‘ynamagan, so‘nggi yillarda BAAning «Al-Ayn» klubida to‘p surib kelayotgan So‘fiyon Rahimiy 51-daqiqada «Barselona»ning sobiq futbolchisi Ahomashning tovonda pas berishi bilan boshlangan hujumni yakunladi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Rahimiy Ahomash ishlagan penaltini aniq ijro etib, dublni rasmiylashtirdi. 68-daqiqada Juliano Simeone bitta javob qaytardi. Keyin esa marokashliklarning 35 yoshli darvozaboni Muhammadiyning vaqti keldi — u bir necha daqiqa oralig‘ida Amionening darvozabon hududida turib bosh bilan yo‘llagan zarbasidan keyin qoyilmaqom seyv ijro etdi, keyin esa yakkama-yakka vaziyatda Hulian Alvaresdan ustun keldi. Umuman olganda, janubiy amerikaliklarda hisobni tenglashtirish uchun yetarlicha imkoniyatlar bo‘ldi. Bu imkoniyatni FIFAning qo‘shimcha daqiqalar bo‘yicha tavsiyalari ham oshirib yubordi. Qatardagi jahon chempionatida barcha odatdagidan ko‘ra ko‘proq daqiqalar qo‘shilishiga ko‘nikib bo‘lgandi, ammo Olimpiadadagi hakamlar rekord qo‘yishga qaror qilishgan.
Shvetsiyalik arbitr Glenn Nyuberg roppa-rosa 15 daqiqa qo‘shib berdi — bunga o‘yinda to‘xtalishlar ko‘p bo‘lgani sabab edi, chunki marokashlik muxlislar ikkinchi bo‘lim davomida ko‘p marta maydonga chopib chiqishdi. Tribunalardagi muxlislar ham argentinaliklarga nisbatan agressiv munosabatda bo‘lishdi — madhiya yangrayotgan mahalda ham hushtakbozlik qilindi.
Sent-Etendagi «Jyeffrua-Gishar» stadionida shu kuni afrikalik fanatlar mutlaq ko‘pchilikni tashkil etardi — arenaga sig‘adigan 42 ming kishidan 35 mingga yaqinini. Bunday nisbat ajablanarli emas: Fransiyada bir yarim million atrofidagi marokashlik yashaydi.
Argentinaiklarga dushmanona munosabat ko‘rsatilishiga «Albiseleste» futbolchilari Amerika kubogidagi g‘alabadan keyin kuylagan qo‘shiq ham sabab bo‘ldi. Futbolchilar o‘shanda Fransiya milliy jamoasi aksari afrikaliklar avlodi bo‘lgan futbolchilarining kelib chiqishi ustidan kulishgandi.
O‘yindagi eng keskin epizod 90+16-daqiqada ro‘y berdi — argentinaliklarning so‘nggi shturmida bir necha zarba qaytarilganida Kristian Medina baribir to‘pni darvozaga kiritdi va bu marokashliklarning keskin noroziligini keltirib chiqardi.
Avvaliga ular golni nishonlayotgan futbolchilar tomon petardalar, plastik butilkalar va stakanlar uloqtirishdi, keyin o‘zlari ham gazonga tushib kela boshladi. Hakam va xavfsizlik xizmati xodimlari jamoalarni kiyim almashtirish xonasiga olib ketdi.
Avvaliga o‘yin shu bilan yakunlangandek ko‘ringandi. Ammo bosh hakam final hushtagini chalmagandi, shu tufayli o‘yinni davom ettirish masalasi ochiq qolgandi. Jamoalar stadionni tark etishmadi va faqat qariyb ikki soat o‘tganidan keyin so‘nggi uch daqiqani o‘tkazib qo‘yish uchun gazonga qaytishdi. Argentinaning TyC Spors kanaliga ko‘ra, hakamlar futbolchilardan maydonga ertaroq qaytishni so‘ragan, ammo ular rad etgan. Futbolchilar maydonga chiqqanida arena bo‘shab bo‘lgandi — muxlislar xavfsizlik nuqtayi nazaridan tribunalardan olib ketilgandi.
Undan oldinroq esa VAR «Albiseleste»ning javob golini tekshirishga kirishgandi — kutilmagan tartibsizliklar tufayli referi epizod bo‘yicha yakuniy qarorni chiqara olmagandi. Yakunda Kristian Medinaning zarbasidan 92 daqiqa o‘tganida gol bekor qilindi — «Boka Xuniors» yarimhimoyachisi ofsaydda qolgani ma’lum bo‘ldi.
Maskerano o‘yindan keyin qariyb ikki soat davomida gol bekor qilingani haqida hech narsa aytilmagani (Olimpiada saytida o‘yin 2:2 hisobida yakunlangani qayd etilgan)ni ma’lum qildi va buni o‘z faoliyatidagi eng katta sirk deb atadi. Lionel Messi esa instagramdagi sahifasida ushbu holatga ishora qilingan storis qo‘ydi.
Marokash bu g‘alabadan keyin B guruhi jadvalida yetakchi bo‘lib oldi — parallel o‘yinda Ukrainaga qarshi irodali g‘alabaga erishgan (2:1) Iroqda ham uch ochko bor. Iroqliklar safida gollarni asosiy jamoada ham yetakchi futbolchilar bo‘lgan 28 yoshli Ayman Hussayn va 20 yoshli Ali Yasim urishdi.
Iroq — Ukraina 2:1
Gollar: Ayman Husayn (57, penalti), Ali Jassim (75) — Rubchinskiy (53).
Iroq – Rasetim, Sadun, Tahsin, Hasan, Ali (Ali Jassim, 58), Bayish, Muhammal (Vatifi, 58), Ali, Husayn (Al Imom, 90), Amin (Al Kinani, 79).
Ukraina – Fesyun, Krupskiy, Taloverov (Salyuk, 73), Batagov, Martinyuk, Xlan, Bragaru (Sich, 73), Rubchinskiy, Mixaylenko (Fyodor, 73), Kriskiv (Ocheretko, 79), Sikan (Krasnopir, 80).
Ogohlantirishlar: Kriskiv (26), Taloverov (56), Bragaru (56), Rasetim (90+13).
A guruhi
Anrining asosiy turniri
Fransiya — AQSh 3:0
Gollar: Lyakazett (61), Olise (69), Bade (85).
Fransiya – Rest, Sildiyya, Lukeba, Bade, Tryuffer, Miyo (Akliush, 71), Shotar, Kone (Magassa, 87), Olise (Due, 82), Lyakazett, Mateta (Kalimuendo, 71).
AQSh – Shulte, Harriel, Tsimmerman, Robinson, Tolkin, Mixaylovich (Makglinn, 76), Buzio (Diyetz, 71), Tessmann, Paredes (But, 76), Aaronson (You, 76), Makguayr (Uayli, 86).
Ogohlantirishlar: Sildiyya (17), Paredes (37).
Tiyerri Anri murabbiy sifatida qandayligini ko‘pchilik hali yaxshi bilmaydi. O‘tmishning eng yaxshi forvardlaridan biri bir necha yil muqaddam «Monako»da ishlab keta olmagandi. U MLSda «Monreal» boshqaruvida tajriba to‘pladi, Belgiya milliy jamoasida Roberto Martinesga assistentlik qildi. Lekin bu lavozimlarda ekanida ko‘proq uni televideniye eksperti sifatida ko‘rish mumkin edi. Endi esa — u Fransiyaning o‘z maydonidagi Olimpiadasidagi umidi.
Bosim — yuqori. Kutilmalar darajasi ham. AQSh esa o‘yin boshida uchranglilarga maksimal darajada qarshilik ko‘rsatdi. Amerikaliklar ishonchli himoyalanishdi, hujumda esa xavfliroq harakatlanishdi. Birinchi bo‘limda Aronson hisobni ochishi mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda Mixaylovichning zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegdi. Ammo fransuzlar ushbu mustahkam raqibni yenga olishdi. Bunda jamoadagi faxriy futbolchi Lyakazett katta hissa qo‘shdi. Ushbu sardor jarima zarbasidan keyin to‘pni olis ustun tomon aniq yo‘llab, hisobni ochdi.
Shundan keyin Fransiya yana sabrli bo‘lishiga to‘g‘ri keldi. Raqib tezda bosimni oshirdi va bir yarim daqiqa oralig‘ida gol urish uchun ikkita qulay imkoniyatga ega bo‘ldi. Birinchi holatda Rest qahramonlik ko‘rsatib, Aronsonning jarima maydoni markazidan yo‘llagan zarbasini to‘sdi, ikkinchi holatda esa — Paredesning uzatmasidan keyin darvozaga bir yarim metr masofada to‘pni qabul qilib olgan Tolkin ustunni poyladi.
Olise esa unga aniqlik borasida saboq berib qo‘ydi, u ideal darajadagi aylanma zarbasi bilan o‘yin masalasini hal qildi. Shu yozda «Bavariya» safiga kelib qo‘yilgan futbolchiga Lyakazett assistentlik qildi. O‘yin oxirlarida esa burchak zarbasidan keyin Bade to‘pni bosh bilan darvoza to‘riga joylab qo‘ydi. Natijada o‘yinga unchalik mos bo‘lmagan 3:0 hisobi qayd etildi. Shu bilan birga, fransuzlar o‘z kuchiga yuqori ishonchga ega bo‘ldi va turnir favoritlaridan biri ekanini tasdiqladi.
Gvineya U-23 – Yangi Zelandiya U-23 1:2
Gollar: 0:1 – 25 Garbett, 1:1 – 72 Diavara, 1:2 – 76 Ueyn.
Gvineya U-23 – Silla, Suma, Sisse, Keyta, Keyta (Kamara, 87), Moriba (Kamara, 74), Ture (Kamara, 73), Diavara, Balde, Diallo (Ulare, 79), Ba.
Yangi Zelandiya U-23 – Polsen, Bindon, Boksell, Serman, Satton, Bell, Singh, Garbett (Kelli-Heald, 84), Herdman (van Hattum, 77), Ueyn, Beyliss (Gillion, 77).
Ogohlantirishlar: Bell (90+6), Suma (90+9).
C guruhi
Shomurodov tarixiy gol urdi
O‘zbekiston – Ispaniya – 1:2
Gollar: Eldor Shomurodov 45+3, penaltidan – Mark Pubil 28, Serxio Gomes 62.
Aniq ijro etilmagan penalti: Serxio Gomes, 60 (darvozabon)
O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Muhammadqodir Hamraliyev, Husniddin Aliqulov, Abduqodir Husanov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Abdurauf Bo‘riyev (Ruslanbek Jiyanov, 67), Umarali Rahmonaliyev, Jasur Jaloliddinov (Diyor Xolmatov, 67), Oston O‘runov (Husayn Norchayev, 60), Eldor Shomurodov (Ibrohim Ibragimov, 80) Abbosbek Fayzullayev.
Ispaniya: Arnau Tenas, Mark Pubil, Erik Garsiya, Pau Kubarsi (Pacheko, 46), Xuan Miranda, Pablo Barrios, Aleks Baena, Fermin Lopes (Adrian Bernabe, 76), Aymar Oros (Diyego Lopes, 77), Serxio Gomes, Abel Ruis (Samu Omorodion, 86).
Ogohlantirishlar: Pau Kubarsi 7, Jasur Jaloliddinov 36, Mark Pubil 37, Abdurauf Bo‘riyev 61, Diyor Xolmatov 68, Adrian Bernabe 80.
An’anaga ko‘ra Olimpiadada futbol turnirlari ochilish marosimidan oldinroq boshlanadi va Parij-2024 da ham bundan mustasno bo‘lmadi. Chorshanba kuni O‘yinlardagi musobaqalar boshlanib ketdi — erkaklar regbisi va futbolda.
O‘zbekiston va Ispaniya chekiga Fransiyadagi asosiy stadionlardan biri — «Park de Prens»da turnirni boshlab berish mas’uliyati tushgandi. Tabiiyki, Yevropaning amaldagi chempionlari izdoshlari o‘yin favoriti hisoblanardi, lekin Germaniyadagi turnir g‘oliblaridan faqat ikki kishi - Fermin Lopes va Aleks Baena Parijga kelgan. «Barselona»ning yana ikki futbolchisi Pau Kubarsi va Erik Garsiya, shuningdek shu yozda «Manchester Siti»dan «Real Sosedad»ga o‘tgan Serxio Gomes kabi futbolchilar Ispaniya olimpiya jamoasini dahshatli raqibga aylantirardi.
O‘zbekiston tarkibida esa Yevropa klublarida o‘ynayotgan faqat ikki futbolchi - «Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov hamda «Lens» himoyachisi Abduqodir Husanov bor edi. Qolaversa, o‘zbekistonliklar uchun bu o‘z tarixidagi ilk olimpiada bo‘lmoqda. Timur Kapadze shogirdlari Parij yo‘llanmasini shu yil bahorida o‘tkazilgan Osiyo kubogidagi (U-23) muvaffaqiyatli ishtirok evaziga qo‘lga kiritgandi (finalda yaponiyaliklarga mag‘lub bo‘lingan).
O‘zbekiston 4-4-2 sxemasida harakatlandi, lekin jamoa yetakchisi Fayzullayev TsSKAdagi kabi chap qanotdan emas, balki o‘ng qanotdan joy oldi. Jamoa o‘yinni tetik boshladi: to‘p ispanlarga topshirildi, lekin o‘yin startida raqib jarima maydonida bir necha bor xavfli vaziyatlar vujudga keltirildi — avvaliga Rahmonaliyevning zarbasi xato ketdi, keyin Shomurodov jarima maydoniga yorib kirdi, ammo barcha himoyachilarni aldab o‘tolmadi.
Hisobni esa baribir Ispaniya ochdi, yevropaliklar ilk imkoniyatdan unumli foydalandi: 29-daqiqada Gomes standart vaziyatdan to‘pni uzatdi, Ruis to‘pni uzoq ustun tomonga o‘tkazib berdi, Pubil hujumni yakunladi.
Bu gol o‘zbekistonliklarning ruhini tushirib yubora olmadi. 37-daqiqada O‘runov jarima maydoniga kirishda yiqitildi, ammo Jaloliddinovning bu standartdan yo‘llagan zarbasi darvozabon uchun oson o‘ljaga aylandi. Birinchi bo‘lim yakunlanayotganida esa mavritaniyalik arbitr Daxan Beyda videotakrorni ko‘rib kelib, penalti qo‘ydi: Kubarsi jarima maydoni ichida Hamraliyevni yiqitgani ma’lum bo‘ldi, Shomurodov esa to‘pni aniq yo‘lladi — 1:1. Bu O‘zbekistonning Olimpiada o‘yinlaridagi ilk goli!
Ikkinchi bo‘lim O‘runovning xavfli zarbasi bilan boshlandi, ammo 57-daqiqada o‘zbekistonliklar darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi: bu vaziyatda Fayzullayev jarima maydonida ehtiyotsizlik qilgan va Oroseni yiqitgandi. Ammo darvozabon Abduvohid Ne’matov o‘zini ko‘rsatdi va Gomesning markazga yo‘llangan zarbasini oyoqlari bilan to‘sib qoldi.
Lekin bir necha daqiqa o‘tib «Manchester Siti»ning sobiq havbeki aybini yuvdi: ispanlarning hujumi markazga uzatilgan to‘pga yetib kelgan Gomesning aniq zarbasi bilan yakunlandi - 2:1.
O‘tkazib yuborilgan goldan keyin o‘zbekistonliklar faollashdi: 73-daqiqada Shomurodovning hujumi olis ustun tomon yo‘llangan zarba bilan yakunlandi — to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Keyinroq Aliqulovning jarima zarbasi xavfli chiqdi, asosiy vaqt oxirida Hamraliyev qulay vaziyatdagi Norchayevga pas uzatdi, ammo Tenas uning niyatini oldindan sezib, xavfni bartaraf etdi.
Ispanlar ikkinchi goldan keyin umuman golli vaziyat yaratishmadi va o‘yinning qolgan qismini himoyada o‘tkazishdi. Maydonda o‘zbekistonliklar yaxshiroq ko‘rindi va nomdor raqibni vaqt cho‘zishga majbur qilishdi. Ammo baribir o‘yinda hisob tenglashmadi: qo‘shib berilgan daqiqalarning beshinchisida Rahmonaliyev yaxshi vaziyatdan foydalana olmadi, uning zarbasidan keyin to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.
1:2 hisobiga ochko berilmaydi, ammo o‘zbekistonliklar tengma-teng o‘yin ko‘rsatishdi va jamoa pley-offga chiqish uchun yaxshi imkoniyat saqlab qolmoqda. Guruhdan aynan ushbu juftlik keyingi bosqichga yo‘l olishi ehtimoli yuqori: Misr va Dominikan Respublikasi jamoalari pastroq darajada.
Misr U-23 – Dominikan Respublikasi U-23 0:0
Misr U-23 – Ala, Eyd, Abdulmajid, Fayyed, Mahmud (Hamdi, 87), El-Nenni, Shehata, Otto (Kamol, 87), Zizo, Adil (Saad, 86), Feysal (Majar, 77).
Dominikan U-23 – Valdes, Reyyes Marizan, Puhol, de Lukas Peres, Urbayiz Gomez, Mershel, Messina (De La Kruz Mangas, 76), Peter Federiko (de Leon Gomez, 77), Urenya (Askona, 77), Lorenso Kabrera (Bayez, 77), Rafael Nunes (Lemayre, 90).
Guruhdagi ikkinchi o‘yin natijasi o‘zbekistonliklar uchun ideal natija bilan yakunlandi. Birinchidan, o‘zbekistonliklarga pley-offga chiqishda raqobatchi bo‘lgan jamoalar bittadan ochko olishdi. Ikkinchidan, misrliklar ham dominikanliklar ham hech narsa ko‘rsata olishmadi. Hozircha aytish mumkinki, bu jamoalar O‘zbekiston bilan solishtirganda teng raqib emas. Bu nazariyani keyingi turlarda amalda ko‘rsatish kerak bo‘ladi, bu o‘yinlardan birinchisini o‘zbeklar shanba kuni Misrga qarshi o‘tkazadi, yana bir necha kun o‘tib Dominikanga qarshi o‘yin kutadi.
D guruhi
Paragvayning xo‘rlanishi
Yaponiya U-23 – Paragvay U-23 5:0
Gollar: 1:0 – 18 Mito, 2:0 – 63 Mito, 3:0 – 69 Yamamoto, 4:0 – 81 Fudzio, 5:0 – 87 Fudzio.
Yaponiya U-23 – Kokubo, Sekine, Kimura, Takai, Ohata (Nishio, 81), Yamamoto (Kavasaki, 73), Fujita, Mito (Fudzio, 73), Sayto (Araki, 73), Hosoya, Hirakava (Sato, 35).
Paragvay U-23 – Fernandes, Flores Malgareho, Balbuena, Dejyesus Lopes, Rivas (Kantero Fernandes, 82), Gomes, Viyera, Gomes (Gonsales, 82), Ensiso (Nunes Dutarte, 74), Fernandes (Parzajuk, 62), Kabalero (Peres, 62).
Ogohlantirishlar: Fernandes (8), Takai (50), Sekine (57), Dejyesus Lopes (80), Gonsales (90+5).
Chetlatish: Viyera (25).
Amerika Kubogida Paragvay milliy jamoasiga sardor bo‘lgan Balbuena Olimpiadaga ham shu maqomda tashrif buyurdi. Jamoada guruhdan chiqish uchun imkoniyat yomon emasdi, ammo qizil-oqlar startni muvaffaqiyatsiz o‘tkazishdi. Aniqrog‘i — Yaponiya nisbatan yuqori darajadagi jamoa ekanini namoyish etdi. Dastlab Mito hisobni ochdi, ko‘p o‘tmay «Ko‘k samuraylar» son jihatdan ko‘pchilik bo‘lib olishdi. VAR aralashuvidan keyin Viyera muddatidan oldin kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi. Ushbu futbolchi maydon markazida butsasining ostki qismi bilan hujum qilgan Hirakava o‘yinni davom ettirishga harakat qildi, ammo bir necha daqiqa o‘tib maydonni zambilda tark etishga majbur bo‘ldi.
Janubiy Amerikada Olimpiada uchun saralashda g‘olib chiqqan paragvayliklarda ikkinchi bo‘limda o‘n kishi bo‘lib ham o‘yinni qutqarish uchun imkoniyat bo‘ldi. Ammo Marselo Fernandes nafaqat xato zarba yo‘lladi, balki yaponiyaliklarni sergaklantirib yubordi. Osiyoliklar yana to‘liq hujum bilan oldinga tashlandi va raqib mudofaasidagi xatolardan foydalanishdi, Saytoning qanotdan uzatmasidan keyin Mito dublni rasmiylashtirdi. Bir necha daqiqa o‘tib tayanch zonasi vakili Yamamoto urgan gol paragvayliklarni butkul taslim etdi, unga ham Sayto assistentlik qildi. Zaxiradan maydonga tushgan Fudjioning so‘nggi daqiqalarda urgan gollari oradagi farqni yaqqol ko‘rsatib berdi. Lekin parallel uchrashuvda Mali va Isroil o‘rtasida qayd etilgan durang paragvayliklarda chorakfinalga chiqish uchun imkoniyat qoldirmoqda.
Mali — Isroil 1:1
Gollar: Dumbiya (63) — Diallo (56, avtogol).
Mali – Diarra, Diomande, Tunkara, Diallo, Dukure, Giddu (Sako, 74), Traore, Diakite, Diarra (Diallo, 74), Dumbiya, Diarra.
Isroil – Niron, Feyngold, Goldberg, Lemkin, Bin Harush, Glux (Yona, 82), Gandelman, Parada (Shahar, 46), Abada (Davida, 67), Turgeman, Madmun (Azulay, 46).
Ogohlantirish: Diomande (90+1).