Rossiyada sud ijrochilariga o‘qotar quroldan foydalanishga ruxsat berildi

Jahon 23:08 / 24.07.2024 3808

Hujjat Davlat dumasiga aprel oyida kiritilgan, o‘zgartirishlar “RFdagi majburiy ijro organlari to‘g‘risida”gi qonunni to‘ldiradi.

Sud ijrochisi sudyalar, sud jarayoni ishtirokchilari, guvohlar, fuqarolar, shuningdek majburiy ijro organlari xodimlarining hayoti va salomatligiga nisbatan xavf tug‘diradigan kuch va zo‘ravonlik ishlatilgan holatga duch kelsa o‘zi va o‘zgalarni himoyalash uchun o‘qotar quroldan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Quroldan shuningdek hibsdan qochishga urinishning oldini olish, huquq-tartibot organlari xodimlarining qurollarini egallashga urinish yoki sudga, sud binolari va majburiy ijro organlari binolariga guruh bo‘lib yoki qurollangan hujum uyushtirilganda foydalaniladi. Bundan tashqari, sud ijrochilari agar ushlashning boshqa usuli bo‘lmasa og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxsni ushlash uchun quroldan foydalanishi mumkin.

Sud ijrochilari federal xizmati kuch, qurol va maxsus vositalar ishlatilishidan avval fuqarolarni ogohlantirishlari lozim bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: