Putin tibbiyot sirini tashkil etuvchi ma’lumotni politsiyaga oshkor qilish haqidagi qonunni imzoladi

Jahon 10:26 / 24.07.2024 2936

Rossiya prezidenti Vladimir Putin politsiyaga bemorlar haqidagi tibbiyot sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni sud qarorisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘rash imkonini beruvchi federal qonunni imzoladi. Hujjat 22 iyul, dushanba kuni normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashri saytida joylashtirildi. Qonun 2025 yil 1 martdan kuchga kiradi.

Qabul qilingan tuzatishlarga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi xodimlari qamoqxonada jinoiy jazoni o‘tagan rossiyaliklarning tibbiy ma’lumotlarini olishlari mumkin bo‘ladi. Politsiya, shuningdek, sud tomonidan majburiy davolanishga yuborilgan ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarning tibbiyot sirini tashkil etuvchi ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Bundan tashqari, politsiya og‘ir va tez-tez kuchayishi bilan surunkali va uzoq davom etadigan ruhiy kasalliklarga bog‘liq holda kuzatuvga olingan rossiyaliklarning tibbiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu alkogolizm va giyohvandlikka chalingan shaxslarni ham o‘z ichiga oladi. 

Bunday choralar, birinchi navbatda, «ushbu shaxslar tomonidan jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish» bilan izohlanadi. «Bunday shaxslarning ijtimoiy xavfli qilmishlarga moyilligi» tufayli politsiya bemorlarni kuzatishda ishtirok etishi, shuningdek, ular haqida tibbiy tashkilotlar bilan ma’lumot almashishi mumkin bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: