25-29 iyul kunlari O‘zbekistonda juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari, respublikaning qolgan hududlarida havo harorati kunduzi 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi.
Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha bo‘lishi kutilmoqda, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.