Britaniya armiyasi bosh qo‘mondoni keyingi uch yil mobaynida urushga hozirlik ko‘rishga chaqirdi

Jahon 11:16 / 24.07.2024 3655

Britaniya armiyasi uch yildan keyin urushga tayyor bo‘lishi kerak. BBC xabariga ko‘ra, bunday bayonotni qurolli kuchlar qo‘mondoni, general ser Roland Uoker bergan.

Uning fikricha, urush oldini olib bo‘lmas muqarrar hodisa bo‘lmasa-da, armiyada tayyorgarlik ko‘rish va mojarodan qochish uchun “yetarli vaqt” bor. Tayyorgarlik asosi sifatida qo‘mondon 2027 yil oxirigacha armiyaning jangovar holatini ikki barobarga, o‘n yillik oxirigacha uch barobarga oshirishni nazarda tutgan.

Buyuk Britaniya yaqin yillar ichida duch keladigan asosiy tahdidlar orasida Ukrainadagi urush qanday natija bilan tugashidan qat’i nazar, g‘arb davlatlaridan Kiyevni qo‘llab-quvvatlagani uchun o‘ch olishga harakat qiladigan “g‘azabnok” Rossiya bor.

«Bu urush qanday yakunlanishi muhim emas. Menimcha, Rossiya bu urushdan kuchsizlanib chiqadi, biroq obektiv qaraladimi, mutlaq qaraladimi — baribir xavfliligacha qoladi va bizning Ukrainaga ko‘rsatgan yordamimiz uchun qandaydir shaklda o‘ch olishga harakat qilishga intiladi», — degan general.

U, shuningdek, Xitoy Tayvan ustidan nazorat o‘rnatishga intilayotgani, Eron esa yadroviy qurol yaratishga urinayotganidan ogohlantirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu uch davlat o‘zaro ishbirligi munosabatlari o‘rnatgan, qurol-yarog‘ va texnologiyalarini bir-birlariga bo‘lishishmoqda.

Uoker shuningdek hukumatdan qo‘shimcha moliyalashtirish ham talab qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya armiyasi son jihatdan o‘zidan uch barobar ustun bo‘lgan dushmanni yo‘q qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Britaniya armiyasining muntazam qo‘shinlarida 75 ming 325 kishi sanoqqa olingan. Britaniya mudofaa vazirligi rahbari Jon Hili qurolli kuchlarning ayni paytdagi holatini “bo‘mbo‘shlik” deb atagan.

Ko‘proq yangiliklar: