Bayden ma’muriyatining muddat oxirigacha bosh vazifasi Ukrainani Tramp qaytishidan himoyalash bo‘ladi

Jahon 11:15 / 24.07.2024 3875

Saylovlarda Donald Tramp g‘alaba qozongan taqdirda Ukrainani imkon qadar maksimal qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash kafolati Jo Bayden vakolati tugagunga qadar Oq uyning eng muhim ustuvor vazifalaridan biri bo‘ladi, deb yozmoqda Financial Times.

Nashr so‘rovnomasida ishtirok etgan mulozimlar va tahlilchilar Bayden ma’muriyati Ukrainaga yana bir yordam paketini ma’qullashga ulgurmay qoladi, degan fikrda. Respublikachilarning qarshiligi tufayli Kongressda 61 mlrd dollarlik transhni tasdiqlash olti oyga cho‘zilib ketgan edi.

Shu sababdan, poygani tark etishi to‘g‘risida rasman e’lon qilgach, Bayden moliya vaziri Jannet Yyellen va Davlat departamenti rahbari Entoni Blinkenga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi vakolatlarini qonun doirasida topshirgan. Unga ko‘ra, AQSh yurisdiksiyasi ostidagi Rossiya aktivlarini musodara qilish va uni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish mumkin.

Saylovlarda respublikachi Donald Tramp va uning vitse-prezidentlikka nomzodi Jyey Di Vens g‘alaba qozongan taqdirda, ular Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni bas qilib, imkon qadar urushga yakun yasash niyatida. Bu holatda Kiyev Rossiya tomonidan ishg‘ol etilgan hududlaridan voz kechishga majbur bo‘ladi. Baydenning chiqargan yangi farmoni bu ssenariyning oldini olishga yana bir harakatdir.

Bundan tashqari, NATO o‘z shafeligi ostida ittifoqchilarning yordamlarini taqsimlovchi va ukrainalik harbiylarni tayyorlab beruvchi maxsus missiya yaratishni rejalashtirmoqda. Kutilishicha, missiyaga AQShlik ofitser bosh bo‘ladi va Amerika prezidenti uning ishiga aralashish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: