Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi

O‘zbekiston 07:11 / 23.07.2024 16950

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali ko‘rish mumkin.

Prezident maktablariga qabul 1 iyundan 20 iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.

Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun talabgor 4-sinfni tugatgan bo‘lishi kerak, o‘quvchilar 5-sinfga qabul qilinadi. 

Umumta’lim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan o‘quvchilar prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga 12 nafardan (jami 24 nafar) qabul qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: