Ta’lim | 14:33 / 21.07.2025
2485
2 daqiqa o‘qiladi

Test natijasi qachon chiqadi? Uni qanday, qayerdan bilish mumkin?

Abituriyentlarning imtihon natijalari testga kirib chiqqanining keyingi kunida e’lon qilinadi. Jarayonda qancha ball to‘planganini 4 xil usulda aniqlash mumkin.

Foto: Kun.uz

Ayni kunlarda respublikadagi 65 ta yopiq turdagi katta sig‘imli binolarda OTMga kirish uchun imtihonlar o‘tkazilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularda bir smenaning 1 169 ta guruhida 35 070 nafar, bir kunda esa jami 70 140 nafar abituriyent ishtirok etyapti.

Test topshirilgandan so‘ng uning natijalari keyingi kun kechki soat 23:59 gacha e’lon qilinmoqda. Xo‘sh, natijalarni qanday aniqlash mumkin. Bilim va malakalarni baholash agentligi buning 4 xil usulini ishlab chiqqan. Kun.uz shularni eslatib o‘tadi:

1. my.uzbmb.uz saytidagi “Natijani olish” bo‘limiga pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRni kiritgan holda yoki shaxsiy kabinetdan ham bilish mumkin;

2.mandat.uzbmb.uz saytiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqamini kiritgan holda;

3. Agentlikning quyidagi telegram botlariga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@bmba_natija_bot;

@bmba_natija_1bot;

@bmba_natija_2bot.

4. SMS xabarnoma xizmati orqali: 5100 raqamiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqamini yuborgan holda (xizmat haqi mavjud) aniqlash imkoniyati bor.

Eslatib o‘tamiz, joriy o‘quv yili uchun test sinovlari 24 iyulgacha davom etadi. Imtihon yakunlanganidan so‘ng 10 kun davomida abituriyentlar o‘qishga tavsiya etilgan yoki etilmagani, ya’ni mandatlari ma’lum qilinishi belgilangan.

Mavzuga oid